Qolqanov Nuriddin Tashpulatovichning

falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy sharoitda siyosiy yetakchi imijining shakllanish jarayoni», 23.00.03– Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosatshunoslik fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Siyos25.

Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Qodirov Anvar Qaxxarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Alimardonov Tulqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatni modernizatsiyalash va jamiyatni erkinlashtirish jarayonida siyosiy yetakchi imijini shakllantirish masalalarini ijtimoiy-siyosiy fanlar doirasida ilmiy va nazariy jihatdan o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

siyosiy yetakchi nazariyasiga oid konsepsiyalar tahlil qilinib, imij siyosiy yetakchi shakllanishi va xalq bilan samarali kommunikatsiyaga erishishning universal omili ekani asoslangan;

zamonaviy siyosiy yetakchi imiji tipologiyasi ishlab chiqilib, siyosiy yetakchilarni shakllantirishning mobil` faktorlar (moslashuvchanlik, intellektuallik, kompetentlik) modeli yaratilgan;

O‘zbekistondagi elektorat ijtimoiy psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish asosida siyosatchi imijining ijobiy komponentlari ochib berilgan;

siyosiy yetakchilar saylovoldi dasturlarining qiyosiy tahlili asosida siyosiy yetakchining imiji saylovlarda g‘alaba hokimiyat legitimligini ta’minlash omili ekani ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zamonaviy sharoitda siyosiy yetakchi imijining shakllanish jarayonini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:

zamonaviy siyosiy yetakchi imiji tipologiyasini yaratishga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasining VI “Partiyaning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, tashkiliy, ayollar va yoshlar sohalaridagi vazifalari doirasidagi amaliy va targ‘ibot-tashviqot faoliyati” bo‘limining 6.18 «Partiya kadrlar va mafkuraviy-g‘oyaviy siyosatining yangi yondashuvlari va dolzarb vazifalari» bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2017 yil 11 noyabrdagi 01-617-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida hududiy, mintaqaviy va respublika o‘quv-amaliy seminarlari tashkil qilingan, partiya faoliyatining barcha sohalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzod aholi bilan muloqotga kirishganida boshqa nomzodlardan ajralib turishiga hamda saylovchilar uchun maqbul imijni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;

siyosiy yetakchi imijini shakllantirish borasidagi nazariy va amaliy takliflardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2017 yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi va uning asosida ittifoqning Sardorlar Kengashlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda; ittifoqning oliy ta’lim muassasalari, vazirlik va idoralardagi yoshlar yetakchilari uchun tashkil qilingan o‘quv-seminarlarda ma’ruza va tarqatma materiallarni shakllantirish; yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining rahbar kadrlarni qayta tayyorlash o‘quv kurslarida ma’ruza va taqdimot tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2017 yil 29 dekabrdagi 04-13/2796-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar siyosiy yetakchi saylovoldi dasturlarining qiyosiy tahlili asosida siyosiy yetakchi imijini shakllantirishga doir nazariy xulosalar yoshlarning siyosiy yetakchilar sifatida ijtimoiy-siyosiy faolligining oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish