Xamitov Mubin Xabibjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehmonxona xo‘jaligida servis faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt695
Ilmiy rahbar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Alieva Mahbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida mehmonxona xo‘jaligida servis faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand shahrida joylashgan “Grand Samarkand Superior”, “Bo‘stonsaroy” va “Azia Samarkand” mehmonxonalarining mijozlar mamnunlik darajasiga ko‘ra qo‘shimcha daromad o‘sishi imkoniyatlarini bronlashtirish tizimini yaxshilash, servis xizmati turlari va sifatini oshirish asosida oshirish asoslab berilgan;
Madaniyat va turizm vazirligi qoshida qoshida “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi xizmatlarini raqamlashtirish Markazi”ni tashkil qilish asoslanib, uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan;
mijozlarning sodiqlik dasturini rivojlantirishning chegirmalar tizimini jahon tajribasiga ko‘ra takomillashtirish, maxsus karta bo‘yicha iste’molchilarga foizlarni qaytarish, bonus kunlarini joriy qilish, mijozlarning ijobiy sharhlarini rag‘batlantirish va mehmonxona nazorat tizimini xalqaro standartlar asosida yaxshilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona xo‘jaliklarini 2023-2025 yillarda innovatsion rivojlantirishning prognoz parametrlari mehmonxona va shu kabi joylashtirish vositalari imkoniyatlarini kengaytirish kabilarga ko‘ra ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida mehmonxona xo‘jaligida servis faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar amaliyotga joriy etilgan, xususan,
    Samarqand shahrida joylashgan mehmonxonalarning mijozlar mamnunlik darajasiga ko‘ra qo‘shimcha daromad o‘sishi imkoniyatlarini bronlashtirish tizimini yaxshilash, servis xizmati turlari va sifatini oshirish asosida oshirish bo‘yicha takliflar “Grand Samarkand Superior”, “Bo‘stonsaroy” va “Azia Samarkand” mehmonxonalari amaliyotiga joriy qilingan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi 02-12-02-1013-son ma’lumotno-masi). Taklifdan foydalanish mijozlarning takroriy kelishi, mehmonxona do‘stlari, tanishlari va boshqalarga tavsiya qilishi asosida mehmonxonalar-ning qo‘shimcha daromadini o‘sishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
    Madaniyat va turizm vazirligi qoshida qoshida “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi xizmatlarini raqamlashtirish Markazi” vazirlikning 2023-yil 13-fevraldagi № 87-sonli buyrug‘i bilan tuzilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi 02-12-02-1013-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehmonxona xo‘jaligida raqamli servislarni rivojlantirish istiqbolda mehmonxonalar faoliyatiga yangi resurslar, vositalar va o‘zaro aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatini oshirgan;
    mijozlarning sodiqlik dasturini rivojlantirishning chegirmalar tizimini jahon tajribasiga ko‘ra takomillashtirish, maxsus karta bo‘yicha iste’molchilarga foizlarni qaytarish, bonus kunlarini joriy qilish, mijozlarning ijobiy sharhlarini rag‘batlantirish va mehmonxona nazorat tizimini xalqaro standartlar asosida yaxshilash bo‘yicha takliflar Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va turizm faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi 02-12-02-1013-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish faoliyatning iqtisodiy va kommunikativ samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bevosita mehmonxonalar uchun ularning doimiy mijozlar sonini oshirishga xizmat qilgan;
    O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona xo‘jaliklarini 2023-2025 yillarda innovatsion rivojlantirishda mehmonxona va shu kabi joylashtirish vositalari imkoniyatlarini kengaytirish kabilarga ko‘ra ishlab chiqilgan prognoz parametrlarda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan hududlar kesimida ishlab chiqilgan 2022-2026 yillarda turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi 02-12-02-1013-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz parametrlari mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari va ulardagi joylar sonini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish