Umarov Abdurasul Abduraximovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Siquv mashinasi vallari diametrlari turli bo‘lgan val juftligi parametrlarini tadqiq qilish va asoslash” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1009
Ilmiy rahbar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nodir Boxodirovich texnika fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Farxod Xayrulloevich texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Charm sanoatining energiya va resurs tejamkor valli mashinalarini yaratishda ularning val juftligining maqbul parametrlarini aniqlash orqali ishlov berilgan mahsulot chiquvchi yuzasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ho‘l ko‘n yarim mahsulotining bir vaqtda val juftligi oralig‘ida joylashgan turli topografik qismlarining qalinligi (geometrik parametrlari) tahlil qilinib, ularning notekisligini o‘zgarish qonuniyatlari val juftligi oralig‘ida bir vaqtda joylashgan turli topografik qismlari uchun aniqlangan;
siquv mashinasi vallar juftligi parametrlarini asoslash imkonini beruvchi kontakt burchaklari bilan qamrov burchagi va etkazish burchagi orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi munosabat ishlov berilayotgan ko‘n yarim mahsulotining qalinligi, kontaktlashish nuqtalari, kontakt burchaklarini inobatga olgan holda keltirib chiqarilgan;
siquv mashinalarida vallar juftligi oralig‘iga ko‘n yarim maxsulotini samarali qamrovini ta’minlovchi etkazish burchagining chegaraviy qiymatlarini aniqlashning matematik ifodasi kosinuslar teoremasidan foydalangan holda ishlov berilayotgan ko‘n yarim mahsulotining qalinligi, siquvchi vallar radiuslari va siquvchi vallar oraliq masofasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
siquv mashinalarida vallar juftligi oralig‘iga ko‘n yarim mahsulotini faqat bir qavatini tortuvchi vallar diametrining maqbul qiymatlarini aniqlovchi takomillashgan matematik ifoda ko‘n yarim mahsulotining qalinligi, ishqalanish koeffisientlarini hamda etkazish burchagi inobatga olgan holda ishlab chiqilgan va maqbul parametrlari tajriba usuli yordamida asoslangan;
aniqlangan ishchi qismlarning maqbul parametrlariga asoslangan turli diametrli val juftligiga ega siquv mashinasining takomillashgan konstruksiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Siquv mashinasi vallari diametrlari turli bo‘lgan val juftligi parametrlarini tadqiq qilish va asoslash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va tajribaviy natijalar asosida:
aniqlangan ishchi qisimlarning maqbul parametrlariga asoslangan turli diametrli val juftligiga ega siquv mashinasining takomillashtirilgan konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan Ixtiroga patenti olingan («Ho‘l tolali materialdan suyuqlikni siqish uchun mashina», № IAP 06960 2022y). Natijada ko‘n yarim mahsulotini butun yuzasi bo‘yicha qoldiq namlikni farqini kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
Turli diametrli val juftligining ilmiy asoslangan parametrlari (vallar diametri, tezligi bosimi va ishlov berilayotgan materialni etkazish burchagi) va mashinaning takomillashgan texnik echimlari «Premium Leather» MChJda, «Nigora Dadido» MChJda (O‘zcharmsanoat uyushmasining 2023 yil 14 fevraldagi FB-7/506-son ma’lumotnomasi) vva «GOLD LEATHER» MChJda joriy etilgan. Natijada ko‘n yarim maxsulotining chiquvchi yuzasi 0,35% ga oshishi va uning butun yuzasi bo‘ylab qoldiq namlikning notekisligi 30% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish