Abzoirov Ortiq Xonimqulovichning
falsafa doktori (PhV) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Linter mashinasi arralararo qistirmasining konstruktiv ko‘rsatkichlarini asoslash” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1763
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich texnika fanlari doktori, professor; Daliev Shuxrat texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: linter mashinasining ish unumdorligini va arrali disklar hamda kolosniklar ishlash muddatini oshirish maqsadida arralararo qistirmalarning yangi resrustejamkor konstruksiyasini va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
linter mashinasi uchun resurs va energiyatejamkor tashqi va ichki diametrlar o‘rtasida ikki tomoni ochiq teshikli St.3 po‘lat arralararo qistirmaning yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
linter mashinasi arralararo qistirmasining geometriyasi, massasi va tayyorlanadigan materiallarini hisobga olingan holda radial tebranishlar o‘zgarishining bog‘lanishlari nazariy xisoblashlar asosida aniqlangan;
yangi konstruksiyadagi St.3 po‘lat arralararo qistirma mustahkamlikka hisoblangan va mexanik xususiyatlari solishtirma sinash natijasida deformatsiyaga qarshiligi 44,4% ga oshishi aniqlangan;
linter mashinasi arralararo qistirmalari harakatining o‘zgarish bog‘lanishlari aniqlangan, arrali silindrning texnologik qarshiliklarini hisobga olgan holda, arrali silindr aylanishining kritik chastotasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Linter arralararo qistirmaning takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
linter mashinalari uchun arralararo qistirmaning yangi konstruksiyasi bo‘yicha Intelektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (Paxta tozalash mashinalari uchun arralararo qistirma, № IAP06691-2021 y.) va ishlab chiqarishga joriy qilingan. Linter mashinasi arralararo qistirmasining yangi konstruksiyasi «APK Bo’ka» MCHJ XK tizimidagi Bo‘ka paxta tozalash korxonasida joriy kilingan («APK Bo’ka» MCHJ XK tizimidagi Bo‘ka paxta tozalash korxonasining 2022 yil 1 martdagi sinov va joriy qilish dalolatnomalari, “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJning 2022 yil 8 apreldagi 01-11/112 –sonli xati). Natijada arrali silindrning energiya sarfini 10,8% ga kamaytirish va arralararo qistirmaning resurtejamkorligi oshishga erishilgan.