Rayimqulova Charos Axmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ba’zi klinik ahamiyatga ega biomarkerlarni noinvaziv nazorat usullari va qurilmalarini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K432.
Ilmiy rahbar: Aronbaev Sergey Dmitrievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Abduraxmonov Ilxom Ergashboevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir qator kasalliklarga tashxis qo‘yish va inson tanasining funksional holatini baholash uchun klinik ahamiyatga ega biomarkerlarni noinvaziv monitoring qilish uchun yangi tahlil usullari va qurilmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ammoniy ionlari va ammiakni tezkor spektrofotometrik usulda aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
konsentratsiyasi 0,1-100 ppm oralig‘ida ammiakning miqdorini suvli muhitda va inson nafas chiqargandagi havo tarkibidan potensiometrik aniqlash uchun yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan sensor ishlab chiqarilgan;
xingidronli elektrod asosida ishlaydigan ko‘mir-grafitli elektrod ishlab chiqilgan va uning yordamida so‘lakning pH qiymati hamda IQ-Fure spektri aniqlangan.
sog‘lom va surunkali buyrak kasalligiga chalingan bemorlarda voltamperometrik usulda qon zardobi va siydikning antioksidant faolligi  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ba’zi klinik ahamiyatga ega biomarkerlarni noinvaziv nazorat usullari va qurilmalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ammiak/ammoniy ionlarini mikrokonsentratsiyasini aniqlashning takomillashtirilgan spektrofotometrik usuli “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boshqarmasi laboratoriyasi amaliyotiga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2022 yil 27 oktyabrdagi 860/GK-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv va havo tarkibidan ammiak/ammoniy ionlarini tezkor aniqlash imkoniyati yaratilgan;
oqim-in’jeksiyali pH-metrik sensor yordamida so‘lakdan namuna olish va tahlil qilish usullari “Direct Kvant Technology” klinik diagnostik laboratoriyasi amaliyotiga joriy etilgan (“Direct Kvant Technology” MChJning 2022 yil 2 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, karies, parodontoz va boshqa stomatologik kasalliklarning diagnostikasini amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish