Nabixo‘jaeva Nargiza Toshpo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keng qamrovli chizel-kultivator ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2126.
Ilmiy rahbar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Abduvaxobov Dilshod Abduvaxidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent
Yetakchi tashkilot «Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keng qamrovli chizel-kultivator ishlab chiqish va parametrlarini asoslash yo‘li bilan erlarga ekish oldidan ishlov berishda energiya va resurslar sarfini kamaytirish hamda ish unumini oshirish hamda energiyahajmdorlikni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keng qamrovli chizel-kultivator ish organlarining turi va ramada joylashish sxemasi ular tomonidan minimal hajmdagi yaxlit tuproq deformatsiyalanishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
keng qamrovli chizel-kultivatorning parametrlari tuproq xossalari, uning uvalanish darajasi hamda ishlov berish chuqurligi belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi hamda uning tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
yumshatkich va o‘qyoysimon panjalar orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalar texnologik jarayonning ishonchli bajarilishi hamda tuproqqa sifatli ishlov berilishini ta’minlash shartlaridan kelib chiqib asoslangan;
keng qamrovli chizel-kultivatorning qamrash kengligi, markaziy va yon seksiyalarining bog‘lanish sxemalari hamda tayanch g‘ildiraklarining joylashish o‘rni va agregat harakat tezligi ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Keng qamrovli chizel-kultivator ishlab chiqish va uning  parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
keng qamrovli chizel-kultivatorga doir dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 07/24-04/1944-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega keng qamrovli chizel-kultivator ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan keng qamrovli chizel-kultivatorning tajriba nusxalari Namangan viloyatining Chust tumani va Toshkent viloyatining Zangiota tumani fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 07/24-04/1944-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarga ekish oldidan ishlov berishda yonilg‘i sarfi 1,19 martaga va foydalanishdagi xarajatlar 31,6 foizga kamaygan;
keng qamrovli chizel-kultivatorning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 07/24-04/1944-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega keng qamrovli chizel-kultivator ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish