Djumaniyazov Djavoxir Azatbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak eroziya va yaralaridan qon ketishini davolash va oldini olishda endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya ixtisosligi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib714.
Ilmiy maslahatchi: Babadjanov Azam Xasanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanov Baxrom Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Krasnodar o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Professor. S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-son o‘lka klinik shifoxonasi - ilmiy tadqiqot instituti” DSSBM (Rossiya Federatsiyasi)
II. Tadqiqotning maqsadi: gemostazning endoskopik usullarini takomillashtirish hamda mahalliy reparativ jarayonlarni kuchaytirish orqali oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning eroziv-yarali zararlanishlarida qon ketishini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yarali qon ketishda to‘lqin uzunligi 0,97 mkm bo‘lgan impul`sli rejimda lazerli ta’sir ko‘rsatish mushak va seroz qatlamlarning nekroz belgilarisiz faqatgina oshkozon shilliq qavati chegarasida al`teratsiyalovchi ta’sir bilan cheklanishi, bu esa zich fiksatsiyalangan tromb hosil bo‘lishini va barqaror gemostazni ta’minlashi aniqlangan;
infraqizil ta’sir ko‘rsatish orqali lazerli destruksiya qilingan sohada dastlab oshkozon shilliq qavatining yuzaki eroziv o‘zgarishlari bilan yallig‘lanishning nekrobio-ekssudativ jarayonlari rivojlanishi, 3-kundan esa proliferativ fazaning faollashishi, 14-21 kunlarda shilliq qavat nuqsonining to‘liq bitishi aniqlangan;
o‘tkir atsetatli oshkozon yarasi modelida qizil spektrda lazerli nurlantirishda metil ko‘kining fotosensibilizatsiya qilish ta’siri ostida shilliq va shilliq osti qavatlaridagi mikro qon tomirlarda fotokoagulyasiya ta’siri ostida faol qon ketishini to‘xtatadigan va barqaror gemostazni ta’minlaydigan “mikro-payvandlanish” sodir bo‘lishi isbotlangan;
fotodinamik terapiya yallig‘lanish jarayonining proliferativ-regenerativ fazalarini rag‘batlantirishi hisobiga tajribaning uchinchi kunida eksperimental atsetat yaraning chandiqlanishi va etti kun ichida to‘liq morfologik tiklanishi bilan namoyon bo‘lgani holda o‘tkir yarali nuqsonni bitish jarayonlarini yaxshilashi aniqlangan;
Forrest bo‘yicha Ib va IIa-b qon ketishida foydalanish hamda samarali barqaror gemostazni ta’minlash imkoniyati bilan tavsiflanuvchi oshkozon shilliq qavatining yara va eroziyalari yuzasiga qon laxtasini endoskopik lazerli retraksiya qilish usuli ishlab chiqilgan;
oshkozon shilliq qavatining ko‘plab eroziyalaridan qon ketishini davolashning bo‘yoq yordamida nuqsonlarni aniq tekshirish imkoniyatini beruvchi, ketma-ket lazer ta’sirida gemostatik samarani ta’minlash va reparativ jarayonlarni rag‘batlantirish bilan tavsiflanuvchi endoskopik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» ekspert kengashining 2023 yil 28 sentyabrdagi 2x/17 son xulosasiga ko‘ra (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 28.09.2023y., №846 sonli xat yuborilgan):
me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish uchun qo‘llanilgan to‘lqin uzunligi 0,97 mkm bo‘lgan impul`sli rejimdagi diodli lazerning ta’siri yara yuzasidagi nozik, tez ko‘chuvchi trombni fiksatsiyalashi natijasida barqaror tromb hosil bo‘lishini ta’minlaydi, shuningdek, birlamchi gemostazga erishishni 87,7% dan 97,5% gacha ko‘tarilishi katta ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlarida amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 28 sentyabrdagi №845 sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoskopik usulda me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasidan qon ketishda diodli lazerning impul`sli rejimdagi 0,97 mkm to‘lqin uzunligidagi ta’siri natijasida samarali birlamchi endogemostazning chastotasi 87,7% dan 97,5% gacha ko‘tarildi, ikkilamchi gemostaz chastotasi mos ravishda 8,8% dan 1,7% gacha tushdi (χ2= 9,234; df=2; p=0,010), natijada yara kasalligi bilan bemorlarning umumiy davosiga va keyingi davolanish uchun ketadigan iqtisodiy xarajatlar kamayishiga katta ta’sir qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasidan qon ketishda odatda endoskopik tekshirish uchun 1 nafar bemorga: odatda amaliyot o‘tkazishdan 203 400 so‘m, shuningdek: yarani fotokoagulyasiya qilish bir vaqtda bajarilsa 150 900 so‘m miqdorda qo‘shimcha xarajat sarflansa, shunda jami umumiy xarajat 354 300 so‘mni tashkil etadi (203 400 so‘m+150 900 so‘m=354 300 so‘m) (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Agarda bemorda bir necha marta qon ketish kuzatilsa va qilingan muolajalar samara bermasa, bemorga “Laparotomiya. Gastrotomiya. Qonayotgan yarani tikish.” operatsiyasi bajarilishi lozim va bunga bir bemor uchun o‘rtacha 8 280 000 so‘m sarflanadi. Taklif etilayotgan usulllarni qo‘llash orqali, olib borilgan qayta endoskopik aralashuvlar natijasida ikkilamchi gemostaz 8,8% dan 1,7%  gacha kamaygan, bu esa bemorlar orasida  qayta aralashuvlarni 5 nafardan 1 nafargacha kamayishiga olib keldi. Shundan kelib chiqib mazkur amliyotlar natijasida: 1 nafar bemordan 7 925 700 so‘m iqtisod qilinsa (8 280 000-354 300=7 925 700), bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 31 702 800 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun). Xulosa: yangi endoskopik diodli lazerli gemostazdan foydalanishning amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 7 925 700 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 31 702 800 so‘mni tashkil etdi (4 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 9 510 840 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 22 191 960 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 28.09.2023 y.; №846 sonli xat yuborilgan;
turli xil tajriba hayvonlarida (kalamushlar va cho‘chqalar) o‘tkazilgan tajribaviy va morfologik tadqiqotlar yordamida me’da shilliq qavatidagi turli eroziv-yarali o‘zgarishlarni erta va samarali davolash maqsadida IQ-diodli lazerli nurlarning ta’siri o‘rganilib, dastlab nekrobiotik-ekssudativ yallig‘lanish jarayonlari yuzaki eroziv o‘zgarishlar bilan rivojlanadi, 3-kundan boshlab proliferativ fazaning aktivlashishi, shilliq qavatning stimullanishi va 14-21 kunlarda nuqson to‘liq bitishi aniqlandi. Bu olingan natijalar asosida esa o‘z navbatida bemorlarda me’da yarasi va eroziyasi yuzasida qon ivishini endoskopik lazer yordamida retraksiya qilish usuli ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining №IAP 07311 09.01.2023 yildagi ixtiroga patenti). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 28 sentyabrdagi №845 sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qon ketish asorati bilan kechgan bemorlarda taklif qilingan lazerli davolash usuli me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavati yarasi va eroziyalaridan qon ketishida endoskopik lazer bilan retraksiya qilishning tavsiya etilgan usuli (Forest Ia-b va IIa-b turdagi qon ketishlarda) yaxshi gemostatik ta’sirni ta’minlaydi, takroriy qon ketishi chastotasini dori xavf omillari bo‘lmagan guruhda 7,5% dan 1,5% gacha (χ2= 9,219; df=1; p=0,003) kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: odatda me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasidan qon ketishda endoskopik tekshirish uchun 1 nafar bemorda amaliyot o‘tkazishdan 203 400 so‘m, shuningdek, bir vaqtda endoskopik usulda qon ketish manbasi atrofiga in’eksiya qilish amaliyoti bajarilsa, 150 900 so‘m miqdorda qo‘shimcha xarajatlar qo‘shilib, shunda umumiy 354 300 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Me’da shilliq qavati va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi yuzasida qon laxtasini endoskopik lazer bilan retraksiya qilish natijasida takroriy qon ketishi chastotasini dori xavf omillari bo‘lmagan guruhda 7,5% dan 1,5% gacha kamaygan, bu esa bemorlar orasida qayta aralashuvlar sonini 5 tadan 1 tagacha kamayishiga olib keldi. Ya’ni bunda qon ketishli asoratlarda aralashuvlar 5 marotaba qisqarganligi xisobidan 1 771 500 so‘mni tashkil etdi (354 300 so‘m x 5= 1 771 500 so‘m). Shundan kelib chiqib: 1 bemor uchun o‘rtacha xisobda 1 417 200 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajat) 1 771 500 so‘m  – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy  xarajat) 354 300 so‘m = 1 417 200 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5 668 800 so‘mni tashkil etdi (4 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 1 700 640 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 3 968 160 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qon ketish asorati bilan bemorlarda taklif qilingan lazerli davolash usulni amaliyotga joriy etish natijasida bir bemor uchun 1 417 200 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 4 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 5 668 800 so‘mni tashkil etdi. Bunda mazkur usulning amaliyotga joriy etish yordamida yillik byudjet mablag‘laridan 1 700 640 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 3 968 160 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Me’da va 12 barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 28.09.2023 y.; №846 sonli xat yuborilgan.
tomirlarning mikro-payvandlanishi va patogenning mikrofloraning o‘sishiga bakterisid ta’sir qiluvchi, fotodinamik rejimda lazer bilan nurlantirilgan, fotosensibilizator - metilen ko‘ki qo‘llanilishi bilan fotosensibilizatsiyalangan eksperimental hosil qilingan me’da o‘tkir yarasi xromoskopiyasi, so‘ngra, fotodinamik terapiya natijasida kalamushlarda eksperimental hosil qilingan me’da yarasi bitishi bakteriologik tekshiruvlar bilan baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ishlab chiqilgan usul bo‘yicha fotodinamik terapiya qon tomirlarining “mikro-payvandlanishi” tufayli eksperimental me’da yarasidan qon ketishini yakuniy to‘xtatishga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: me’da va 12 barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 28 sentyabrdagi №845 sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizil spektrdagi lazerli nurlatish metil ko‘kining fotosensibilizatsion ta’siri natijasida, uning patogen mikroflora o‘sishiga qarshi bakterisid ta’sirini oshiradi; gemostaz muolajasi vaqtini kamaytiradi va amaliyotdan keyingi reabilitatsiya tezlashtiradi; “mikro-payvandlanish” usuli orqali samarali birlamchi endogemostazning darajasi 87,7% dan 97,5% gacha ko‘tarildi, ikkilamchi gemostaz darajasini 8,8% dan 1,7% ga (besh barobarga) tushirishga erishildi (χ2= 9,234; df=2; p=0,010). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasidan qon ketishda endoskopik tekshirish uchun 1 nafar bemorda: odatda amaliyot o‘tkazishdan 203 400 so‘m, shuningdek: yarani fotokoagulyasiya qilish bir vaqtda bajarilsa 150 900 so‘m miqdorda xarajat sarflansa, shunda jami umumiy 354 300 so‘mni tashkil etadi (203 400 so‘m+150 900 so‘m=354 300 so‘m) (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Agarda bemorda bir necha marta qon ketish kuzatilsa va qilingan muolajalar samara bermasa, bemorga me’da yarasidan qon ketishi fonida “Me’da rezeksiyasi” operatsiyasi bajarilishi lozim va bunga bir bemor uchun 11 640 000 so‘m sarflanadi. Olib borilgan qayta endoskopik aralashuvlar natijasida ikkilamchi gemostaz 8,8% dan 1,7%  gacha kamaygan, bu esa bemorlar orasida  qayta aralashuvlarni 5 nafardan 1 nafargacha kamayishiga olib keldi. Shundan kelib chiqib 1 nafar bemordan 11 285 700 so‘m iqtisod qilinsa (11 640 000-354 300=11 285 700), bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 45 142 800 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun). Xulosa: mazkur ishlab chiqilgan usul bo‘yicha fotodinamik terapiya qon tomirlarining “mikro-payvandlanishi” tufayli gemostazdan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 45 142 800 so‘mni (4 nafar bemor uchun), shundan 13 542 840 so‘m byudjet mablag‘larini, 31 599 960 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 28.09.2023 y.; №846 sonli xat yuborilgan;
fotodinamik terapiya usuli yallig‘lanish jarayonining proliferativ-regenerativ fazalari ustun bo‘lganligi sababli yarani bitish jarayonlarini yaxshilaydi, bu tajribaning 3-kunida eksperimental asetat yarasining bitishida namoyon bo‘ladi va to‘liq morfologik bilishi 7-kundan keyin kuzatiladi. Shuningdek, mikrobiologik tadqiqotlaga ko‘ra, me’daning eroziv va yarali shikastlanishlari uchun ishlab chiqilgan fotodinamik terapiya usuli patogen mikroflorani, shu jumladan Helicobacter pylori o‘sishini samarali tarzda bostirishi mumkinligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: me’da va 12 barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni markaz va uning hududiy filiallarning bo‘limlarida amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 28 sentyabrdagi №845 sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fotodinamik terapiya usuli me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining yarali va eroziv shikastlanishida yallig‘lanish jarayonining proliferativ-regenerativ fazalarining ustunligida kechib, yara va eroziyalarning bitish jarayonini tezlashtiradi. endoskopik gemostazning erishilgan samaradorligi kasalxonaga yotqizilgan kunlar sonini umuman kamaytirishga imkon berdi, xususan, butun namunada o‘rtacha o‘rin-kunlar 5,8 ±1,3 dan 4,6±1,1 kungacha (t=8,74; p<0,05) qisqardi. endoskopik lazer bilan yaxshi gemostatik ta’sirni ta’minlanib, takroriy qon ketishi chastotasini butun namunada o‘rtacha 12,3% dan 2,5% gacha (besh barobarga) (χ2= 9,219; df=1; p=0,003) kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasidan qon ketishda: bemorda qon ketishni to‘xtatish uchun ko‘p marta koagulyasion yo‘l bilan to‘xtatishga harakat qilinib, koagulyasiya vaqtida me’da perforatsiyasi asorati kuzatilsa, bemorga “Laparoskopik me’da teshilgan yarasini tikish” operatsiyasi bajarilishi lozim va bunga bir bemor uchun 6 900 000 so‘m sarflanadi; yuqoridagi patologiyalar natijsida bemorning statsionarda bo‘lishining ortishi xisobidan o‘rtacha kunlik statsionar davolanishi, shuningdek, laborator va instrumental tekshirishlar, qo‘shimcha davolash amaliyotlari kabi harajatlar qo‘shilishi xisobidan umumiy o‘rtacha 1 554 000 so‘m xarajat sarflanadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Shunda o‘rtacha umumiy xarajatlar 8 454 000 so‘mni tashkil etadi; Tadqiqot natijasida olib borilgan qayta endoskopik aralashuvlar natijasida ikkilamchi gemostaz 12,3% dan 2,5% gacha (o‘rtacha 5 barorbarga) kamaygan, bu esa bemorlar orasida  perforatsiya asoratini 5 nafardan 1 nafargacha kamayishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida yuqoridagi muolajalarni qisqarishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, bunda mazkur usulni tadbiq etish natijasida: 1 nafar bemordan iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 1 619 940 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi esa 8 099 700 so‘mni tashkil etdi (5 nafar bemor uchun). Mazkur taklif etilgan usullarni tadbig‘i natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 2 429 910 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 5 669 790 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: ishlab chiqilgan fotodinamik terapiya yallig‘lanish jarayonining proliferativ-regenerativ fazalarini rag‘batlantirish tufayli gemostazga erta erishish usulidan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 8 099 700 so‘mni (5 nafar bemor uchun), shundan 2 429 910 so‘m byudjet mablag‘larini, 5 669 790 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 28.09.2023 y.; №846 sonli xat yuborilgan;
tavsiya etilgan me’da shilliq qavati va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi yuzasida qon laxtasini endoskopik usulda diodli lazer bilan retraksiya qilish usuli qon ketishlarning Forest bo‘yicha I darajasining b-turida va II darajasining a-b turida foydalanilganda, yaxshi gemostatik ta’sirni ta’minlaydi, takroriy qon ketishi chastotasini dori xavf omillari bo‘lmagan guruhda 7,5% dan 1,5% gacha, simptomatik yarasi bo‘lgan guruhda 17,3% dan 3,6% gacha (χ2=6,253; df=1; p=0,013) va butun namunada 12,3% dan 2,5% gacha (χ2= 9,219; df=1; p=0,003) kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 28 sentyabrdagi №845 sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoskopik usulda diodli lazer bilan qonayotgan yaraning yuzasiga ta’sir qilish orqali Forest bo‘yicha I darajasining b-turida va II darajasining a-b turidagi qon ketishlarda yaxshi gemostatik ta’sir qiladi; takroriy qon ketishi chastotasini simptomatik yarasi bo‘lgan guruhda 17,3% dan 3,9% gacha (to‘rt barobarga) (χ2=6,253; df=1; p=0,013) kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasidan qon ketishda endoskopik tekshirish uchun 1 nafar bemorda amaliyot o‘tkazishdan 203 400 so‘m, shuningdek, bir vaqtda endoskopik usulda qon ketish manbasi fotokoagulyasiya amaliyoti bajarilsa, 150 900 so‘m miqdorda qo‘shimcha xarajatlar qo‘shilib, shunda umumiy 354 300 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Me’da shilliq qavati va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi yuzasida qon laxtasini endoskopik lazer bilan retraksiya qilish natijasida takroriy qon ketishi chastotasini simptomatik yarasi bo‘lgan guruhda 17,3% dan 3,9% gacha kamaygan, bu esa bemorlar orasida  qayta aralashuvlarni 4 nafardan 1 nafargacha kamayishiga olib keldi. Shundan kelib chiqib, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1 062 900 so‘mni tashkil etadi (3 nafar bemor uchun). Xulosa: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qon ketish asorati bilan bemorlarda taklif qilingan lazerli davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 1 062 900 so‘mni, shundan 318 870 so‘m byudjet mablag‘lari, 744 030 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 28.09.2023 y.; №846 sonli xat yuborilgan.
me’da shilliq qavatining ko‘plab eroziyalarini endoskopik davolashda bo‘yoqdan foydalanib, eroziyalarning aniq lokalizatsiyasi aniqlanadi, lazer ta’sirini izchil o‘tkazib gemostatik terapiyaga erishiladi. Bu olingan natijalar asosida esa o‘z navbatida bemorlarda me’da shilliq qavatining ko‘p eroziyalaridan qon ketishining davolash usuli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiroga patenti №IAP 07310 09.01.2023). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni markaz va uning hududiy filiallarining bo‘limlarida amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 28 sentyabrdagi №845 sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘yoqdan foydalanish orqali nuqsonlarning lokalizatsiyasini aniq aniqlash va gemostatik ta’sirni ta’minlaydi; reparativ jarayonlarni rag‘batlantirish, Helicobacter pylori eradikatsiyasini amalga oshiradi; qon ketishi bilan asoratlangan me’da shilliq qavatining ko‘plab eroziyalarini endoskopik davolashning tavsiya etilgan usuli (F-Ib va IIa-b) takroriy qon ketish chastotasini dori xavf omillari bo‘lmagan guruhda 9,5% dan 5,3% gacha, simptomatik yarasi bo‘lgan guruhda 12,8% dan 6,1% gacha va butun namuna uchun 11,8% dan 5,8% gacha (ikki barobarga) kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da shilliq qavatining ko‘plab eroziyalaridan qon ketishida qilingan muolajalar samara bermasa, bemorga me’da yarasidan qon ketishi fonida: “Me’da rezeksiyasi” operatsiyasi bajarilishi lozim va bir bemor uchun o‘rtacha 11 640 000 so‘m sarflanadi. Bu amaliyotga qo‘shimcha ravishda qon ketishini qayta monitoring qilish maqsadida qayta endoskopik tekshirish uchun 1 nafar bemorda amaliyot o‘tkazishdan 203 400 so‘m sarflanadi. Bu holatda shunda jami iqtisodiy xarajat 11 843 400 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Yuqoridagi olib borilgan tahlillar natijasida takroriy endogemostazning samaradorligi eroziv gastrit fonida takroriy qon ketishda butun namunada uchun umumiy 11,8% dan 5,8% gacha (2 marotaba) bartaraf etishga olib keldi. Shundan kelib chiqib: 1 nafar bemordan 5 820 000 so‘m iqtisod qilinsa (11 640 000 : 2=5 820 000), bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 17 460 000 so‘mni tashkil etadi (3 nafar bemor uchun). Xulosa: ishlab chiqilgan usul bo‘yicha me’da shilliq qavatining ko‘plab eroziyalaridan qon ketishida gemostazdan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemorda iqtisodiy ko‘rsatgich 5 820 000 so‘mni tashkil etdi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa 17 460 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etib, shundan 5 238 00 so‘m byudjet mablag‘larini, 12 222 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara va eroziyalaridan qon ketishini davolash va profilaktikasida endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 28.09.2023 y.; №846 sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish