Dexkanova Nigora Namanjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «13 X tipidagi seolitlarda oltingugurtli birikmalar adsorbsiyasining termodinamik xususiyatlari va ion-molekulyar mexanizmlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K644.
Ilmiy rahbar: Raxmatkarieva Feruza Gayratovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 13 X tipidagi  Na+ va Li+ kationli seolitlarida vodorod sul`fid, uglerod oksisul`fid va metilmerkaptan molekulalari adsorbsiyasining to‘liq termodinamik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori vakuumli mikrokalorimetrik qurilmada hajmiy usulda 13 X tipidagi  Na+ va Li+ kationli seolitlarda N2S, CH4S va COS molekulalari adsorbsiyasining to‘liq termodinamik xususiyatlari aniqlangan;
13 X seolitlarida N2S, CH4S va COS molekulalari adsorbsiyasi differensial issiqligi pog‘onasimon ko‘rinishda bo‘lib, har bir pog‘onada hosil bo‘lgan (N2S)n/Men+, (CH4S)n/Men+ va (COS)n/Men+ ion-molekulyar komplekslar stexiometrik o‘lchamlarga mos kelishi isbotlangan;
13 X seolitlarida N2S, CH4S va COS molekulalari adsorbsiya entropiyasi standart holat entropiya qiymatlaridan ancha pastda bo‘lishi adsorbat molekulalarining Na+ va Li+ kationlari bilan (N2S)n/Men+, (CH4S)n/Men+ va (COS)n/Men+ ion-molekulyar komplekslar hosil qilganligidan dalolat beradi. Shuningdek,  N2S, CH4S va COS molekulalari 13 X seolitlari matrisasiga lokalizatsiyalanishi aniqlangan;
kislotalik xossalarini namoyon qiluvchi gaz holatdagi oltingugurtli birikma molekulalariga, o‘rganilgan NaX va LiX seolitlar strukturasining chidamliligi aniqlangan;
13 X tipidagi  Na+ va Li+ kationli seolitlarda N2S, CH4S va COS molekulalari adsorbsiya izotermalari mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyamining matematik tenglamalari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
NaX va LiX seolitlar analoglarining adsorbsion xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft mahsulotlarini vodorod sul`fid, metilmerkaptan va etilmerkaptan molekulalaridan tozalash uchun 13X rusumidagi seolit analoglari «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 24 martdagi 02-03-01/54-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft mahsulotlarini vodorod sul`fid molekulalaridan 99% gacha, metilmerkaptan va etilmerkaptan molekulalaridan 98,5% gacha tozalash imkonini beradi.
neftni qayta ishlashda chiqadigan oqova suvlarni neft mahsulotlaridan tozalash uchun 13X rusumidagi tipidagi seolit analoglari «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 24 martdagi 02-03-01/54-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni qayta ishlashda chiqadigan oqova suvlarni neft mahsulotlaridan 93,3% gacha tozalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish