Xusanov Baxtiyor Kaxramon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga tayyorlashda targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3299.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Oynisa Musurmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxsieva Aziza Shamsutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga tayyorlashda targ‘ibot texnologiyalarini amaliyotga joriy mehanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-pedagogik targ‘ibot kompaniyalarining shaxsga integrativ, psixologik, pedagogik ta’sir etish mexanizmlari oilalardagi o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga tayyorlashda mahalla va oila sotsial institutlarining preventiv siklik mazmuni asosida takomillashtirilgan;
oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirish modeli «umr chizig‘i», «birdamlik ko‘prigi», «xavfsizlik marafoni» texnologiyalarining shaxsdagi optimallikni balanslovchi ijtimoiy muhitda dinamik munosabatlar kesimida qo‘llash va ijtimoiy-ma’naviy tarbiyada reintegratsiyasi qilish yordamida takomillashtirilgan;
shaxsning hududiy, yosh, kasbiy trilogik xususiyatlarini psixokorreksiyalash orqali ongning defolt tizimini o‘zgarishi natijasida shaxsiy-refleksiv harakatlar tizimini individual personalizatsiya darajasining ortishi aniqlangan;
oilalarda o‘smirlarni ijtimoiy-ma’naviy tarbiyalashda didaktik ta’minot, oilaviy nizolar va shaxsdagi patalogik holatlarning oldini oluvchi o‘smir yoshlarning ijtimoiylashuv darajasi, emotsional intellekti va ijodiy qobiliyatlarining rivojlanish holati kabi pedagogik indikatorlarni aniqlash orqali ijtimoiy-pedagogik targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga tayyorlashda targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy-pedagogik targ‘ibot kompaniyalarining shaxsga integrativ, psixologik, pedagogik ta’sir etish mexanizmlari oilalardagi o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga tayyorlashda mahalla va oila sotsial institutlarining preventiv siklik mazmuni asosida takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan «Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish» 31-bandi «Mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan «Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash» mavzusidagi targ‘ibot ishlariga singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 30 maydagi 209-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy-pedagogik targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirish modeli «umr chizig‘i», «birdamlik ko‘prigi», «xavfsizlik marafoni» texnologiyalarining shaxsdagi optimallikni balanslovchi ijtimoiy muhitda dinamik munosabatlar kesimida qo‘llash va ijtimoiy-ma’naviy tarbiyada reintegratsiyasi qilish yordamida takomillashtirilganligiga oid yangiligi Toshkent shahrida tashkil etilgan «Ma’naviyat festivali» doirasida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at kabi soha vakillaridan iborat 500 nafar «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolarini jalb etish orqali 3 mlnga yaqin aholini qamrab olinib, 18 ta ijtimoiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023 yil 7 iyundagi 01.01-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga tayyorlashda targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
shaxsning hududiy, yosh, kasbiy trilogik xususiyatlarini psixokorreksiyalash orqali ongning defolt tizimini o‘zgarishi natijasida shaxsiy-refleksiv harakatlar tizimini individual personalizatsiya darajasining ortishi aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yilning 8-martdagi 4-son bayoni bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ning 45-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Dunyoviy qadriyatlarni mustahkamlash konsepsiyasi» loyihasi va chora-tadbirlar dasturini hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida «Umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi»ni mazmuniga singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 30 maydagi 209-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalarda ijtimoiy-ma’naviy targ‘ibot texnologiyalari samaradorligini aniqlash mezonlari kompleks (xududiy, yosh, kasbiy) hususiyatlarni tizimli namoyon ettiruvchi shaxsiy-refleksiv harakatlar tizimini individual personalizatsiya darajasida adaptivlashtirishga erishilgan;
oilalarda o‘smirlarni ijtimoiy-ma’naviy tarbiyalashda didaktik ta’minot, oilaviy nizolar va shaxsdagi patalogik holatlarning oldini oluvchi o‘smir yoshlarning ijtimoiylashuv darajasi, emotsional intellekti va ijodiy qobiliyatlarining rivojlanish holati kabi pedagogik indikatorlarni aniqlash orqali ijtimoiy-pedagogik targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirilishi dalillanganligiga oid takliflari Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan «2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning 71-maqsad: Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ijtimoiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 30 maydagi 209-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy-pedagogik targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirilgan.