Madiev Faxriddin Xoshim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta’minlashning konstitusiyaviy-huquqiy asoslari”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu674.
Ilmiy rahbar: Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Djaxongir Xayitovich, yuridik fanlar doktori, professor; Rahimov Faxri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta’minlashning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsiy hayotning maxfiyligini ta’minlash maqsadida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasida “maxsus ma’lumotlar”, “hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar” tushunchalarini qonunchilikka kiritish zarurligi asoslab berilgan;
shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlash tizimini tashqi ta’sirdan himoya qilish maqsadida ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz, shu jumladan, tasodifiy kirish natijasida shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish, yo‘q qilish, nusxalash, shuningdek, boshqa noqonuniy harakatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligiga tahdidlar sifatida belgilash zarurligi asoslab berilgan;
ma’lumotlar bazalaridagi shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash mexanizmining xavfsizligini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqib ushbu sohaga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tuzish yoki tarkibiy bo‘linmalardan biriga xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini yuklash lozimligi asoslab berilgan;
raqamli texnologiyalarning izchil rivojlanish sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta’minlash uchun shaxsga doir ma’lumotlar kategoriyasini biometrik va genetik ma’lumotlar bilan kengaytirish hamda ularni himoyalash mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish sohasidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligiga tahdidlarni kategoriyalash bo‘yicha taklif qonunchilikka kiritishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlagan Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi 1-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 22-dekabrdagi 12-15-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif orqali ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz, shu jumladan, tasodifiy kirish natijasida shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish, yo‘q qilish, nusxalash, shuningdek, boshqa noqonuniy harakatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasiga ta’sirini asoslantirishga xizmat qilgan;
ma’lumotlar bazalaridagi shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash uchun masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tuzish yoki tarkibiy bo‘linmalardan biriga xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini yuklash bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlagan Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risidagi nizomning 17-bandi 4-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 22-dekabrdagi 12-15-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar bazalari bilan ishlaydigan xodimlarning mas’uliyati va javobgarligi doirasini qonunchilikda aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasida “maxsus ma’lumotlar”, “hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar” tushunchalarini qonunchilikka kiritish zarurligi doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi 8- hamda 10-xatboshisini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 22-dekabrdagi 12-15-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi shaxsiy hayot daxlsizligining tarkibiy qismi bo‘lgan maxsus ma’lumotlarning himoya qilish mexanizmlarini belgilashda xizmat qilgan;
biometrik va genetik ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar turkumiga kiritilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlagan Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risidagi nizomning 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 22-dekabrdagi 12-15-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif shaxsga doir ma’lumotlar kategoriyasini biometrik va genetik ma’lumotlar bilan kengaytirish hamda ularni himoyalash mexanizmlarini joriy etishga xizmat qilgan.