Qurbonova Sayyoraxon Maxamadalievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy matnda shaxs xususiyatlarini ifodalash», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil230.

Ilmiy rahbar: Xakimov Muxammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: til materiallarining psixolingvistik tahlili asosida o‘zbek tili badiiy matnlarida shaxs xususiyatlarining ifodalanish holatlari va ularning nutqiy jarayonlarda ifodalanishiga doir o‘ziga xosliklarni aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

nutqda shaxs xususiyatlarining aks etishi psixolingvistikaning muammosi sifatida e’tirof etilgan;

matnda shaxs xususiyatlarini ifoda etuvchi lingvistik, ekstralingvistik vositalar ajratib ko‘rsatilgan;

shaxsga xos xususiyatlarning nutqiy aktlar orqali namoyon bo‘lishi nazariy asoslab berilgan;

badiiy matnda shaxs xususiyatlarining ifodalanishi lingvotemperamentlanish hodisasi asosida qahramonlar nutqi orqali ilmiy asoslab berilgan;

shaxs temperamentining nutqda ifodalanishiga ko‘ra xolerik, flegmatik, sangvinik hamda melanxolik nutq kabi turlari farqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek tili badiiy matnlarida shaxs xususiyatilarining namoyon bo‘lishini tadqiq etish asosida:

nutqiy jarayonda shaxs xususiyatlarining namoyon bo‘lishini tekshirish asosida psixolingvistikaga oid tushunchalar hamda o‘zbek tilidagi badiiy matnlarning psixolingvistik tadqiqiga oid materiallardan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasidagi o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar va ularning audiokitob shaklidagi nusxalarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 dekabrdagi 89-03-3275-son ma’lumotnomasi). Natijada matnda shaxs xususiyatlarining namoyon bo‘lishi tilshunoslikning pragmatik yo‘nalishi masalalari doirasida o‘rganilishi bo‘yicha, shuningdek, psixolingvistik birliklar talqini hamda nutqiy jarayonlarda shaxs omilining tutgan o‘rnini to‘g‘ri baholash yuzasidan muayyan aniqliklar kiritilishiga erishilgan;

shaxs temperamentining nutqda ifodalanishiga ko‘ra xolerik, flegmatik, sangvinik shuningdek melanxolik nutq kabi turlarni farqlangan bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan A-1-39 «O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy ilmiy-texnik grantida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 martdagi 89-03-1094-son ma’lumotnomasi). Natijada matn yaratilishida so‘zlovchi va tinglovchining ruhiy holati, o‘zaro muloqotga kirishishda ishtirokchilar shaxs xususiyatlarining roli masalalari ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan; 

matnning pragmalingvistik hamda psixolingvistik asosda tadqiq etish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2017 yil 26 noyabr` kuni efirga uzatilgan «Assalom, Farg‘onam!» ko‘rsatuvida, shuningdek, Farg‘ona radiosining 2017 yil 30 noyabr` kungi radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yildagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar matnining bugungi kun tomoshabinlarining ruhiy, ma’naviy holati hamda dunyoqarashlariga moslik darajasi ortishini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish