Dusmanov Sandjar Abdujalolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soddalashtirilgan tartib institutini jinoyat ishlari yurituviga joriy qilish istiqbollari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu503.
Ilmiy rahbar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sud`yalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Tulaganova Gulchehra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat-protsessual qonunchilikda dalillarga baho berish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uning mezonlarini ayrim xorijiy davlatlar tajribasi asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzgan shaxslarga engilroq jazo tayinlash tartibini takomillashtirishga va jazo yuzasidan imtiyozlarni aniq belgilash xususidagi taklif asoslantirilgan;
aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv jarayonini protsessual tartibga solish va gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelishuv tuzishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash xususidagi taklif asoslantirilgan;
aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish yuzasidan prokurorning vakolatlarini aniq belgilash va kelishuv tuzish jarayonida qonuniylikni ta’minlash xususidagi taklif asoslantirilgan;
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni sud tomonidan ko‘rib chiqish tartibi, sudning aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha qarori, sudning aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat ishini prokurorga yuborishi aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha sud hukmini chiqarish tartibini jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilash orqali aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyat ishlarini sud tomonidan ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish va ishni ko‘rish muddatlarini qisqartirish xususidagi taklif asoslantirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Soddalashtirilgan tartib institutini jinoyat ishlari yurituviga joriy qilish istiqbollari mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlash tartibini qonunchilikda belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-675-son Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 noyabrdagi 04/2-10/99-II vx-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzgan shaxslarga engilroq jazo tayinlash tartibini takomillashtirishga va jazo yuzasidan imtiyozlarni aniq belgilashga xizmat qilgan;
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv va uni tuzish shartlari, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibini jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-675-son Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 noyabrdagi 04/2-10/99-II vx-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv jarayonini protsessual tartibga solish va gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelishuv tuzishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
iltimosnomaning prokuror tomonidan ko‘rib chiqilishi, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqida qaror qabul qilish tartibi, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning mazmunini jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-675-son Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 noyabrdagi 04/2-10/99-II vx-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi kelishuv tuzish yuzasidan prokurorning vakolatlarini aniq belgilash va kelishuv tuzish jarayonida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilgan;
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni sud tomonidan ko‘rib chiqish tartibi, sudning aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha qarori, sudning aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat ishini prokurorga yuborishi aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha sud hukmini chiqarish tartibini jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-675-son Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 noyabrdagi 04/2-10/99-II vx-son dalolatnomasi) Mazkur takliflarning joriy etilishi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyat ishlarini sud tomonidan ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish va ishni ko‘rish muddatlarini qisqartirishga xizmat qilgan.