Dolimov Abdulaziz Solijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Suvda eriydigan iplardan foydalangan holda xalqa tukli to‘qimalarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonini maqbullashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2521
Ilmiy rahbar: Karimov Raximjon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Xolikov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor; Doniyorova Matluba Adashboevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tolasidan yigirilgan ipni “Mintval” suvda eriydigan kimyoviy ip bilan qo‘shib pishitilgan iplardan to‘quv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish  texnologik jarayonini maqbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sifatli tukli to‘qima olish uchun “Mintval” kimyoviy ipini o‘ng buram yo‘nalishida yigirilgan paxta ipiga chap buram yo‘nalishida pishitish natijasida buramlar soni kam bo‘lgan ip olish usuli ishlab chiqilgan.
xalqaro standart talablariga javob beradigan halqa tukli va trikotaj to‘qimalari ishlab chiqarish uchun paxta ipi va “Mintval” ipining buramlar soni va aralashma ulushining optimal qiymati aniqlangan;
paxta ipi bilan “Mintval” suvda eriydigan kimyoviy iplarini qo‘llash natijasida yangi usulda olingan ipdan to‘qilgan to‘qimani kapilyarlik xosasini matimatik modelini ishlab chiqilgan;
yangi assotimendagi paxta ipi va “Mintval”  ipi aralashmasidan olingan ipni ilk bor tukli to‘qimalarda hamda trikotaj to‘qimalarda qo‘llash metodlari ishlab chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘quv dastgohlari va trikotaj mashinalarida yangi tarkibli ipdan oligan mahsulotni sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangani natijalari asosida:
yangi assotimendagi paxta ipi va “Mintval”  ipi aralashmasidan olingan ipi Namangan viloyatidagi “Art Soft Tex” MChJ to‘quvchilik korxonasida hamda “Porloq Chust Brendi” MChJ trikotaj korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2023 yil 26 iyuldagi №03/25-1631-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi tarkibli iplardan to‘qilgan to‘qimani kapillyarlik, havo o‘tkazuvchanlik, elastiklik, yumshoqlik xossasi yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish