Ataxanov Avazbek Komiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ipli ikkilamchi to‘qimachilik material resurslaridan tolali massa tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1020
Ilmiy rahbar: Azizov Inomjon Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypila Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Qayumov Juramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ip gazlama sanoatda hosil bo‘ladigan ipli ikkilamchi to‘qimachilik resurslarini qayta ishlab tolali massa olish texnologiyasi takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipli ikkilamchi to‘qimachilik resurslarini tarkibiy tuzilmasiga va ishlab chiqarish texnologiyasiga asoslangan tasnifi ishlab chiqilgan, ipga berilgan buramlar soni va uning diametriga muvofiq texnologik ko‘rsatkichlariga tolaning ipda egallagan uzunliklarini aniqlash formulasi ishlab chiqilgan;
ipli ikkilamchi to‘qimachilik resurslarini titish jarayoni samaradorligi oshirish maqsadida arra tishli qoplama o‘ralgan uch juftli ta’minlash qurilmasi o‘rnatilgan titish uskunasini konstruksiyasi yaratilgan;
tiklangan tolalarni qayta ishlash jarayoni natijasida olingan regression tenglamalari asosida tarash mashinasining qabul baraban qismining parametrlarini maqbul qiymatlari aniqlangan;
ip gazlama sanoatida hosil bo‘ladigan chigal iplar, ip uzuqlari va qoldiqlarini titish mashinalarida qayta ishlash texnologiyasi takomillashtirilgan hamda  mashinaning ratsional ishchi parametrlari regression matematik model orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ipli ikkilamchi to‘qimachilik material resurslaridan tolali massa tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish asosida olingan tolali massadan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish borasida olingan natijalar asosida:
ipli ikkilamchi to‘qimachilik resurslarini titish jarayoni samaradorligi oshirish maqsadida arra tishli qoplama o‘ralgan uch juftli ta’minlash qurilmasi “Home textile NT”  MChJ korxonasida joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 26-iyuldagi 03/25-1630-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  tolalarning xossasi yaxshilangan, nuqsonlar kamaygan, kalta tolalar miqdori kamayishi hisobiga bir yilda bitta korxona 224 million so‘mdan ortiq foyda olishi mumkinligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish