Karimov Ma’ruf Ixtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i nomi): Klaster yondashuvi asosida sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish (Konchilik korxonalar misolida) 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam:2021.3.PhD/Iqt1764
Ilmiy rahbar: Xashimova Naima Abidovna  iqtisodiyot  fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.12.2019.I.03.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tajievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Fatima To‘lkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi kon-metallurgiya sanoati sohasida klaster yondashuviga ko‘ra sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy innovatsion klaster loyihasining iqtisodiy samarador-ligini baholash yondashuvi mahalliy loyihaning qo‘shimcha qiymatni birlashti-rish orqali umumiy qo‘shilgan qiymatni shakllantirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
innovatsion klaster faoliyati samaradorligini baholash yondashuvi klasterning beshta asosiy hususiyatini e’tiborga olgan holda mezonlarga ko‘ra klasterning tashkil etilishini baholash tizimi, ya’ni tarmoq rivojiga ta’sir qilmasligi, tarmoq rivojiga ahamiyatsiz ta’sir ko‘rsatishi va tarmoq rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ko‘ra takomillash-tirilgan;
metallurgiya sanoati klasteri samaradorligini metallurgiya sanoati mahsulotlari eksportini rivojlantirish kengashini tashkil qilishga ko‘ra oshirishning maqsadga muvofiqligi assolangan;
2023-2028 yillarda “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatini rivoj-lantirishning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klaster yondashuvi asosida kon-metallurgiya kompleksi korxonalarini innovatsion rivojlantirish mexanizmini takomilashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqaviy innovatsion klaster loyihasining iqtisodiy samarador-ligini baholash yondashuvi mahalliy loyihaning qo‘shimcha qiymatni birlashti-rish orqali umumiy qo‘shilgan qiymatni shakllantirish taklifi “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatini stategik rivojlantirish va ishlab chiqarishning asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanil-gan (“Olmaliq KMK“ aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil senyabrdagi 1077-son ma’lumotnomasi). Taklif korxonalarning innovatsion va investisiya imkoniyatlarini uslubiy jihatdan yanada batafsil baholash imkonini yaratgan;
innovatsion klaster faoliyati samaradorligini baholash yondashuvi klasterning beshta asosiy hususiyatini e’tiborga olgan holda mezonlarga ko‘ra klasterning tashkil etilishini baholash tizimi, ya’ni tarmoq rivojiga ta’sir qilmasligi, tarmoq rivojiga ahamiyatsiz ta’sir ko‘rsatishi va tarmoq rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ko‘ra takomillash-tirilgan yondashuvdan “Olmaliq KMK” AJ faoliyatida foydalanilgan (“Olmaliq KMK“ AJning 2023 yil 21 sentyabrdagi 1077-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi innovatsion kon-metallurgiya klasterini yaratishning dastlabki bosqichida ushbu integratsiya tuzilmasini yaratish samarali yoki samarali emasligini baholash imkonini berib, bu o‘z navbatida klaster tashabbuslarini amalga oshirishni boshlash imkonini bergan;
mintaqada kon-metallurgiya sanoati klasteri samaradorligini oshirishda metallurgiya sanoati mahsulotlari eksportini rivojlantirish kengashini tashkil qilish va algoritmi “Olmaliq KMK“ AJning tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limiga joriy qilingan (“Olmaliq KMK“ AJning 2023 yil 21 sentyabrdagi 1077-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif klaster (klasterlar) mahsulotlari uchun maqsadli bozorlarni izlash va samarali faoliyatni tashkil qilish, xaridorlar va eksporterlarga beriladigan maslahatlar samaradorligni oshirish, uquqiy ekspertiza sifatini oshirish kabilar imkoniyatinii yanada oshirishga xizmat qilgan.
2023-2028 yillarda “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatini rivoj-lantirishning asosiy prognoz ko‘rsatkichlaridan “Olmaliq KMK” AJni istiqbolda rivojlantirish strategiyasi va prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Olmaliq KMK AJning 2023 yil 21 sentyabrdagi 1077-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy etilishi ichki imkoniyatlarni qo‘shimcha jalb qilish hisobiga 2028 yilgacha innovatsion rivojlanish samaradorligini 1,25 barobar oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish