Samadov Furkatjon Nosibjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda insul`tdan keyingi epileptik xurujlarning klinik va immunogenetik jixatlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib76.

Ilmiy rahbar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda insul`tdan keyingi epileptik xurujlar va epilepsiyaning klinik-immunogenetik xususiyatlarini aniqlash hamda kasallikni qiyosiy tashxislash va bashoratlash yondashuvlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bolalarda IKEning rivojlanish xavf omillari, insul`tning turi va davriga bog‘liq holda erta va kechki xurujlar klinik kechishi xususiyatlari aniqlangan;

ilk bor insul`tdan keyingi erta va kechki epileptik xurujli bolalarda, klinik-neyrofiziologik va neyrovizualizatsion kompleks tekshirishlar natijalarini hisobga olgan holda differensial-tashxislash mezonlari xamda IKE rivojlanish prediktorlari aniqlangan;

DVTM natijalari asosida, antiepileptik preparat (AEP)ning qabul qilinayotgan dozasi va uning qon zardobidagi miqdori o‘rtasidagi yaqqol  nomutanosiblik korrelyasion analiz yordamida aniqlangan, bu esa davolash samarasizligining asosiy omili ekanligi isbotlangan;

ilk bor turli genezli epilepsiyasi bo‘lgan bolalarda kasallikni rivojlanish xavfi shakllanishi va rivojlanishining immunogenetik mexanizmlari aniqlangan, IKE rivojlanishida IL-1β (S3953T) va IL-6 (G174C) genlaridagi mutatsiya patogenetik ahamiyatga egaligi isbotlangan;

bolalarda insul`t turiga bog‘liq holda erta va kechki epileptik xurujlarni va IKEning rivojlanish xavf omillarini qiyosiy tashxisot va bashoratlash algoritmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda insul`tdan keyingi epileptik xurujlarning klinik va immunogenetik jihatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

“Erta yoshdagi bolalar epilepsiyasini davolashning maqbulligini baholashga zamonaviy yondashuvlar” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 maydagi 8n-d/89-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda turli genezli epileptik xurujlarni erta tashxislash va bashoratlash, klinik kechishini aniqlash, bemorlarni keyingi kuzatuv va differensial davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;

bolalarda insul`tdan keyingi epileptik xurujlar va epilepsiyani tashxislash va davolashni optimallashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman markaziy shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 maydagi 8n-z/76-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bolalarda IKEning remissiya davrini 1,5 barobar uzayishiga, statsionar sharoitda davolanish muddatini 2,5 barobar qisqarishiga (ayrim holatlarda ambulator davo usullarini qo‘llash) hamda dori vositalariga mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish orqali davolashga ketadigan sarf-xarajatlarni 22 foizga kamaytirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish