Zargarova Nargiza Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 yuqtirgan bemorlarning ichak mikrobiotsenozi buzilishini tashxislash va prognozlash aspektlari” 14.00.05- Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/ Tib2390.
Ilmiy maslahatchi: Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Jadida Axmedjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda ichak mikrobiotsinozi buzilishini baholash va kasallikning noqulay prognostik belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda ichak mikroorganizmlarini tahlil qilish asosida bakterial va zamburug‘li mikroorganizmlarning turiga bog‘liq identifikatsiyasi aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlar ichak mikrobiota holatini baholash natijasida najas mikrobial markerlari sifatida Clostridium difficile A va B toksinlari aniqlangan;
bemorlarda kasallikning faol yallig‘lanish ko‘rsatkichlari va ichak disbakteriozi darajasi o‘rtasida uzviy korrelyasion bog‘liqlik borligi asoslangan;
Saccharomyces Boulardii zamburug‘i kasallikning klinik belgilariga, shuningdek, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning ichak mikroflorasini tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2023 yil 26 iyuldagi 5/27 son xulosasiga ko‘ra(ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktorining 2022-yil 28-iyundagi 04/2131-sonli xati yuborilgan.):
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda ichak mikroorganizmlarini tahlil qilish asosida bakterial va zamburug‘li mikroorganizmlarning turiga bog‘liq idntifikatsiyasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati sog‘liqni saqlash xizmati Urganch manzilgohi shifoxonasi bo‘yicha 7.06.2023-yildagi 287-son buyruq, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 07.07.2022-yildagi 10-I &-2-son va Urganch shahar shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2022-yildagi 429-12-180-TB/2022-son buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan va disbakteriozi mavjud bo‘lgan bemorlar najasining bakteriologik tahlili bilan birga MALDI-TOF mass-spektrometriyasini o‘tkazish davolovchi shifokorlarga tashxis qo‘yish va profilaktika ishlarini samarali olib borishga yordam beradi, hamda tibbiy tekshiruvlar samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy tashxis usullaridan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan (Urganch temir yo‘l kasalxonasi preyskuranti 1 kunga 130 000 so‘m ) keyingi davolash usulini tanlash va tashxisiy tekshiruvlarga nisbatan qisqa vaqt ichida yakuniy tashxis qo‘yish imkonini beradi. Bu nogironlikni 45% ga kamaytirib, kasalxona uchun sarflanadigan mablag‘ni 1 nafar bemor uchun 1 300 000 so‘m iqtisod qilindi. 100 nafar bemordan kasallik asoratini 6 bemordan 3 bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1 300 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 900 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qiladi. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda MALDI-TOF mass-spektrometriya usulidan foydalangan holda ichak mikroorganizmlarning turlarini tahlilini o‘tkazish tashxis qo‘yish va davolash samarodorligini oshirib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3 900 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlar ichak mikrobiota holatini baholash natijasida najas mikrobial markerlari sifatida Clostridium difficile A va B toksinlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati sog‘liqni saqlash xizmati Urganch manzilgohi shifoxonasi bo‘yicha 7.06.2023-yildagi 287-son buyruq, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 07.07.2022-yildagi 10-I &-2-son va Urganch shahar shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2022-yildagi 429-12-180-TB/2022-son buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda diareya kuzatilganda uning sababini erta baholash bemorlarning shifoxonada o‘tkazadigan o‘rin-kunlari sonining qisqarishiga va odatiy hayot tarziga tezroq qaytishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarning najasida Clostridium difficile A va B borligini aniqlash kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish va davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi . Bitta bemor uchun (kuniga o‘rtacha 100 000 so‘m dori vositalari qo‘llaniladi) 47 000 so‘m dori vositalari sarflanadi Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda diareya kuzatilganda uning sababini erta aniqlash kasallikning kechishiga va bemorlarning davolash samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarda kasallikning faol yallig‘lanish ko‘rsatkichlari va ichak disbakteriozi darajasi o‘rtasida uzviy korrelyasion bog‘liqlik borligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: disbakterioz holati mavjud bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish ko‘rsatkichlari va disbakterioz darajasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash orqali kasallikning kechishini oldindan baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati sog‘liqni saqlash xizmati Urganch manzilgohi shifoxonasi bo‘yicha 7.06.2023-yildagi 287-son buyruq, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 07.07.2022-yildagi 10-I &-2-son va Urganch shahar shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2022-yildagi 429-12-180-TB/2022-son buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda kuzatiladigan salbiy oqibatlarning oldini olishga va ularning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy tashxis usullaridan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan keyingi davolash usulini tanlash (TTA Urganch filiali klinikasi kuniga 120 000 so‘m) va tashxisiy tekshiruvlarga sarflangan o‘rtacha vaqt bilan yakuniy tashxis qo‘yish, tibbiy yordam uchun sarflanadigan mablag‘ va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish orqali bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan 1 200 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan va disbakterioz holati mavjud bo‘lgan bemorlarda najasning bakteriologik tahlili bilan birga qondagi C-reaktiv oqsil miqdorining oshishi kasallikning kechishini salbiy oqibatlarga olib kelishi isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Saccharomyces Boulardii zamburug‘i kasallikning klinik belgilariga, shuningdek, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning ichak mikroflorasini tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Saccharomyces Boulardii zamburug‘i (Enterol dori vositasi) kasallikning klinik ko‘rinishiga, shuningdek, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning ichak mikroflorasini tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Saccharomyces Boulardii zamburug‘ini davo muolajalari qatoriga qo‘shish COVID-19 bilan kasallangan va postkovid sindromi mavjud bemorlarda dorilar natijasida kelib chiqqan diareyani davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati sog‘liqni saqlash xizmati Urganch manzilgohi shifoxonasi bo‘yicha 7.06.2023-yildagi 287-son buyruq, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 07.07.2022-yildagi 10-I &-2-son va Urganch shahar shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2022-yildagi 429-12-180-TB/2022-son buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan va postkovid sindromi mavjud bemorlarga Saccharomyces Boulardii zamburug‘ini qo‘llanilishi kasallikning kechishiga va bemorlarning davo sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarga Saccharomyces Boulardii zamburug‘ini qo‘llanilishi kasallikning kechish davomiyligini qisqartirish ya`ni bemorlarni shifoxonada qolish kunlarini o‘rtacha 14 kundan 10 kunga qisqartirish orkali xar bir bemordan 480 000 ming so‘m iqtisod qilinadi (TTA Urganch filiali klinikasida kunlik 120 000 so‘m) va davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: davolash jarayoniga Saccharomyces Boulardii zamburug‘ini qo‘shilishi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning 85% da ichak mikroflorasini sezilarli darajada yaxshilanishiga yordam berishi va byudjetdan tashqari mablag‘larni 480 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish