Ravshanov Lochinbek Urinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar imijining ijtimoiy-psixologik konsepsiyasi”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (Psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/P91.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramozonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdusamatov Xasanboy Usmon o‘g‘li, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar imijining ijtimoiy-psixologik jihatlarini ochib berish va uning konsepsion ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy rahbar imijining ichki funksiyasini aniqlash, komandirlik lavozimlariga nomzodlarni saralash va kadrlar zaxirasini yaratish uchun R.B.Kettelning «Kattalar shaxsini o‘rganish 16PF (A shakli)» so‘rovnomasini boshqaruv uslublariga xos shaxs psixologik xususiyatlari relevantlik asosida aniqlanib, harbiy poligon sharoitida sinaluvchilar natijalarini qisqa vaqt mobaynida tekshirishga xizmat qiladigan interpretatsion matrisa ishlab chiqilgan;
jangovar mashg‘ulotlarda diffuz guruhlar shakllanishiga ko‘ra, harbiy rahbar boshqaruvida depersonalizatsiyaning paydo bo‘lishi va posttravmatik stressning ortib ketishi sababli imij tashqi funksiyasining psixosomatik o‘zgarishiga olib keluvchi «kasbiy faoliyatda matonatlilik», «kasbiy faoliyatda nazorat» mezonlarining pasayishi natijasida gipodinamiyaning vujudga kelishi dalillangan;
Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbarlar xizmat faoliyatining turlari psixo-professiogrammatik jihatdan bir-biridan farq qilishi tufayli komandir imijining rivojlanishida kasbiy faoliyatda etakshilik, ijtimoiy-axloqiy etuklik, ijtimoiy intellekt asosiy indikatorlar ekanligi aniqlanib, toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash, havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari bo‘linmalarida harbiy faoliyat imiji yuqoriligi isbotlangan;
harbiy rahbar bo‘ysunuvchilar bilan shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishda imijning alaksiya jarayoni muhim omilligi bois, uning shakllanishida «emotsional bilimdonlik», «diplomatiya», «ijtimoiy munosabatlarga kirishimlilik» asosiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ekanligi dalillanib, maxsus operatsiya kuchlari va front orti ta’minoti bo‘linmalari komandirlarida antisipatsiyaning yuqori vizioner yetakchiligi aniqlangan;
zamonaviy harbiy rahbar imijining integrallashuvining muhimligiga ko‘ra, psixologik barqaror harbiy rahbar imiji orqali Qurolli Kuchlar imijining desentratsiyasini yaratishga imkon beruvchi «imijni shakllantirish mexanizmlari», «imijni rivojlantirish omillari», «imijni baholash darajalari», «imijning psixokorreksiyasi» aniqlanib, uch bosqichda amalga oshiriladigan Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar imijining ijtimoiy-psixologik konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar imijining ijtimoiy-psixologik konsepsiyasini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
harbiy rahbar imijining ichki funksiyasini aniqlash, komandirlik lavozimlariga nomzodlarni saralash va kadrlar zaxirasini yaratish uchun R.B.Kettelning «Kattalar shaxsini o‘rganish 16PF (A shakli)» so‘rovnomasini boshqaruv uslublariga xos shaxs psixologik xususiyatlari relevantlik asosida aniqlanib, harbiy poligon sharoitida sinaluvchilar natijalarini qisqa vaqt mobaynida tekshirishga xizmat qiladigan interpretatsion matrisa ishlab chiqilganligiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism psixologlari tomonidan harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatini aniqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2023 yil 20 yanvardagi 1/23/45-son ma’lumotnomasi, 1-kichik bandi). Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar bilan Axloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarining uslubiy ta’minoti kuchayishiga erishilgan;
jangovar mashg‘ulotlarda diffuz guruhlar shakllanishiga ko‘ra, harbiy rahbar boshqaruvida depersonalizatsiyaning paydo bo‘lishi va posttravmatik stressning ortib ketishi sababli imij tashqi funksiyasining psixosomatik o‘zgarishiga olib keluvchi «kasbiy faoliyatda matonatlilik», «kasbiy faoliyatda nazorat» mezonlarining pasayishi natijasida gipodinamiyaning vujudga kelishi dalillanganligiga oid natijalar Mudofaa vaziriligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘quv faoliyati amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2023 yil 20 yanvardagi 1/23/45-son ma’lumotnomasi, 2-kichik bandi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi kursantlar, ya’ni bo‘lajak ofiserlarda ijobiy imijni shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning uslubiy ta’minoti boyishiga xizmat qilgan;
Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbarlar xizmat faoliyatining turlari psixo-professiogrammatik jihatdan bir-biridan farq qilishi tufayli komandir imijining rivojlanishida kasbiy faoliyatda etakshilik, ijtimoiy-axloqiy etuklik, ijtimoiy intellekt asosiy indikatorlar ekanligi aniqlanib, toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash, havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari bo‘linmalarida harbiy faoliyat imiji yuqoriligi isbotlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo‘shinlari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2023 yil
20 yanvardagi 1/23/45-son ma’lumotnomasi, 3-kichik bandi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlar va bo‘linmalar komandirlarida imijni aniqlashning psixodiagnostik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
harbiy rahbar bo‘ysunuvchilar bilan shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishda imijning alaksiya jarayoni muhim omilligi bois, uning shakllanishida «emotsional bilimdonlik», «diplomatiya», «ijtimoiy munosabatlarga kirishimlilik» asosiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ekanligi dalillanib, maxsus operatsiya kuchlari va front orti ta’minoti bo‘linmalari komandirlarida antisipatsiyaning yuqori vizioner yetakchiligi aniqlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi Psixologik tayyorgarlik bo‘limi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2023 yil 20 yanvardagi 1/23/45-son ma’lumotnomasi, 4-kichik bandi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy psixologlarining harbiy rahbarlar bilan psixologik xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha uslubiy ta’minotining kuchayishiga erishilgan;
zamonaviy harbiy rahbar imijining integrallashuvining muhimligiga ko‘ra, psixologik barqaror harbiy rahbar imiji orqali Qurolli Kuchlar imijining desentratsiyasini yaratishga imkon beruvchi «imijni shakllantirish mexanizmlari», «imijni rivojlantirish omillari», «imijni baholash darajalari», «imijning psixokorreksiyasi» aniqlanib, uch bosqichda amalga oshiriladigan Mudofaa vazirligi tizimidagi rahbar imijining ijtimoiy-psixologik konsepsiyasi ishlab chiqilganligiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2023-yil 20-yanvardagi 1/23/45-son ma’lumotnomasi, 5-kichik bandi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida harbiy rahbarlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha mexanizmning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.