Mamadiyorov Abdibullo Miylievichning

falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ko‘p tarmoqli davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash sifatini oshirish uchun tashkiliy yondashuv», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Tib378.

Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Shaxnoza Tulkinovna Iskandarova, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atadjan Karimovich Xamraev, tibbiyot  fanlari  doktori;

Yetakchi tashkilot: Shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti (Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p tarmoqlidavolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash sifatini oshirish uchun tibbiy-tashkiliy yondashuvni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

davolash-profilaktika muassasalarida dori darmonlarga bo‘lgan extiyojni tibbiy-tashkiliy yondashuvi samarador usul yordamida takomillashtirilgan.

dori vositalarining uyg‘unlashgan dozalari asosida dori vositalari formulyarining statsionarlar uchun unifisirlangan me’yoriy dasturi shakllantirilgan;

sog‘liqni saqlash tizimida byudjet mablag‘larini rejalashtirishda dori vositalarining prognozi ilk bor asoslangan;

me’yoriy dasturning dori vositalarini qo‘llashdagi iqtisodiy samaradorligi ilmiy asoslab berilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ko‘p tarmoqli davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash sifatini oshirish uchun tashkiliy yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Ko‘p tarmoqli davolash-profilaktika muassasalarida unifisirlangan dori vositalari elektron formulyarini qo‘llash” uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 8N-d/77-son ma’lumotnomasi). Natijada statsionarlarda dori vositalarini samarali qo‘llash va davolash natijalarini yaxshilashni tizimli imkonini bergan;

yaratilgan unifisirlangan dori vositalari formulyari Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-va 3-klinikalari, 2-son Respublika klinik shifoxonasi va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 maydagi 8N-d/90-son ma’lumotnomasi). Formulyarni amaliyotga qo‘llash orqali ko‘p tarmoqli davolash-profilaktika muasasalarida dori vositalari xaridi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar optimallashtirilgan va dori vositalarini ratsional qo‘llash va bemorlarga davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish