Jo‘raeva Feruza Jumaqulovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Turizmni rivojlantirishda innovatsion strategiyalardan foydalanish imkoniyatlari (Buxoro viloyati misolida)”, 08.00.15 - Turizm va mexmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2071
Ilmiy rahbari: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ravshanov To‘yli Gulmurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirishda innovatsion strategiyalardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqadagi bo‘sh turgan, qarovsiz va ta’mirtalab holdagi madaniy meros ob’ektlarini belgilangan tartibda, o‘z faoliyat maqsadi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanish sharti bilan turizm, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil qilish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berish orqali turizm salohiyatini oshirish taklifi asoslangan;
mintaqaning turistik salohiyati yuqori hududlarida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan turistlarni sayohat davomida elektron-gid, elektron-xarita, so‘zlashuv-tarjimon moslamasi kabi mobil “aqlli” texnologiyalar bilan ta’minlovchi turizm axborot markazini tashkil etish taklifi asoslangan;
viloyatda ko‘rsatilgan turistik xizmatlar hamda ulardan tushgan yalpi daromad hajmi innovatsion tavsifdagi ulushining o‘sish tendensiyalari tahlil asosida innovatsion turistik mahsulotlarning uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
turizmni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion strategiyalar ta’siri hamda ko‘zda tutilgan parametrlarini hisobga olgan holda Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi jami turistlar sonining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizmni rivojlantirishda innovatsion strategiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
mintaqadagi bo‘sh turgan, qarovsiz va ta’mirtalab holdagi madaniy meros ob’ektlarini belgilangan tartibda, o‘z faoliyat maqsadi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanish sharti bilan turizm, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil qilish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berish orqali turizm salohiyatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 543-son qaroriga 2-ilova “2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizmni yanada rivojlantirish dasturi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 22-maydagi 05-12-3355-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatidagi bo‘sh turgan, qarovsiz va ta’mirtalab holdagi madaniy meros ob’ektlari negizida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan turizm, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tashkil qilish orqali turizm salohiyatidan foydalanish darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
mintaqaning turistik salohiyati yuqori hududlarida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan turistlarni sayohat davomida elektron-gid, elektron-xarita, so‘zlashuv-tarjimon moslamasi kabi mobil “aqlli” texnologiyalar bilan ta’minlovchi turizm axborot markazini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 543-son qaroriga 2-ilova “2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizmni yanada rivojlantirish dasturi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 22-maydagi 05-12-3355-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatidagi turistik hududlarda xizmat ko‘rsatish tarkibida innovatsion tavsifdagi xizmatlarning ulushini oshirish imkoni yaratilgan;
viloyatda ko‘rsatilgan turistik xizmatlar hamda ulardan tushgan yalpi daromad hajmi innovatsion tavsifdagi ulushining o‘sish tendensiyalari tahlil asosida ishlab chiqilgan innovatsion turistik mahsulotlarning uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 22-maydagi 05-12-3355-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatdagi turistik xizmatlar hamda ulardan tushgan yalpi daromad hajmining o‘sish tendensiyalari asosida uzoq muddatli davrda innovatsion turistik mahsulotlar hamda ular iste’moli o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash imkoni yaratilgan;
turizmni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion strategiyalar ta’siri hamda ko‘zda tutilgan parametrlarini hisobga olgan holda Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi jami turistlar sonining 2025-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 22-maydagi 05-12-3355-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda turizmni barqaror rivojlanishining 2025-yilgacha bo‘lgan dasturini tuzish va uni amalga oshirishda istiqbol parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.