Azizov Doniyor Zokirjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ferula kuhistanica va F. tenuisecta arabinogalaktanlari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/K574.
Ilmiy rahbar: Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: N.S.Normaxamatov, kimyo fanlari doktori; O.R. Ahmedov kimyo fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Ferula kihistanica va F. tenuisecta dan turli xil polisaxaridlar ajratib olish, fizik-kimyoviy xossalarini, monosaxarid tarkiblarini aniqlash va arabinogalaktanlarning kimyoviy tuzilishlarini o‘rnatish, polisaxaridlarning o‘ziga xos tuzilishi va biologik faolligi orasidagi bog‘liqlikni aniqlash. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor F. kuhistanica va F. tenuisecta ning er ustki qismlaridagi turli xil guruh polisaxaridlar ajratib olingan, ularning fizik-kimyoviy xossalari va monosaxarid tarkiblari aniqlangan;
F. kuhistanica xom ashyosini yig‘ishning muqobil muddati aniqlangan va suvda eruvchi polisaxaridlar va pektin moddalari o‘simlikning er ustki qismidagi asosiy polisaxaridlar ekanligi ko‘rsatib berilgan;
Ilk bor F. kuhistanica va F. tenuisecta suvda eruvchi polisaxaridlaridan gomogen AGF va AG-Ften arabinogalaktanlari ajratib olinib, ularning tuzilishi kimyoviy va spektral usullarda isbotlangan;
F. kuhistanica va F. tenuisecta arabinogalaktanlari (AGF va AG-Ften) tarmoqlangan makromolekulalardan iborat bo‘lib, ularning asosiy zanjiri (1→6) β-galaktopiranoza qoldiqlaridan tashkil topgan poligalaktanlar ekanligi, uning yon zanjirlari C-3 holatda α-arabinofuranoza va uning 1,5 bog‘langan oligomerlari, shuningdek, β-Galp-(6→1)-β-GlcpA4OMe fragmentlaridan iborat tarmoqlangan polisaxaridlar ekanligi birinchi marta isbotlangan;
Birinchi marta F. kuhistanica arabinogalaktan makromolekulasi asosiy zanjirining kichik qismida C-2 holatda β-galaktopiranoza qoldiqlari borligi aniqlangan va ushbu arabinogalaktanlar arabino-3,6-galaktanlarga tegishli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ferula kuhistanica va F. tenuisecta arabinogalaktanlarini tadqiq qilish  asosida:
F. kuhistanica suvda eruvchi polisaxaridi “Arbifilan”ning texnik sharti ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Ts 03535440-031:2020);
F. kuhistanica arabinogalaktani spektr maʼlumotlari va kimyoviy tuzilishiga oid maʼlumotlar xorijiy ilmiy nashrlar tomonidan polisaxaridlarning tuzilishini aniqlashda qo‘llanilgan: J. Biol. Macromol. 2023, V. 235, 123816 https://doi.org/10.1016/j.ijbiomac. 2023.123816 IF 8,025; Food Bioscience, 2022, V. 47, 101780 (https://doi.org/10.1016/j.fbio.2022.1017 IF-5,318; Polymers 15(9):1999, 2023 DOI:10.3390/polim15091999, https://www.mdpi.com/2073-4360/15/9/1999# IF 5,0; Pharmaceutical sciences, 2022; 25 (3) DOI: 10.21626/vestnik/2022-3/08, https://www.kursk-vestnik.ru/jour/article/view/1069/ 581, IF- 3.784; Carbohyd. Res. 2023, v. 529, 108828, https://ssrn.com/abstract=4406065, IF -2.975.

Yangiliklarga obuna bo‘lish