Atamuratova Nafisa Tillaevnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asalshirali o‘rmon o‘simliklarini tur tarkibi, gullash davomiyligi va asal mahsuldorligini tadqiq qilish (Surxondaryo viloyati sharoitida)”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx551
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutboevich biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Kayimov Abdixalil, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Xojimatov Olimjon Kaxxorovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyati sharoitida asalshirali o‘simliklar bioxilma-xilligini aniqlash va ularning tur tarkiblarini tahlil qilish, ularning bioekologik xususiyatlarini, hamda yovvoyi va madaniy o‘simliklarning nektar mahsuldorligini o‘rganish va ulardan asalarichilikda samarali foydalanish masalalarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatining asalshirali o‘simliklarning bioxilma-xilligi, tur tarkibi 59 oila, 270 turkum va 668 turdan iborat ekanligi, hayot shakllari bo‘yicha: daraxtlar - 36 tur (5,3%), butalar va yarimbutalar – 99 tur (14,8%), o‘tlar 533 (79,7%) ekanligi aniqlangan.
madaniy o‘simliklarning vegetatsiyasining boshlanishi yilning iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lib, odatda fevral oyining oxiri va mart oyining birinchi dekadasiga to‘g‘ri kelishi, yalpi gullash davri 10-15 kun davom etishi aniqlangan va fenologik kalendarlar tuzilgan;
yovvoyi asalshirali o‘simliklar vegetatsiyasining boshlanishi mart oyining ikkinchi dekadasiga to‘g‘ri kelib, bu o‘simliklarning yalpi gullash davri 15-20 kun davom etishi aniqlangan va fenologik kalendarlar tuzilgan;
viloyatning cho‘l tekislik, (adir) tog‘ etaklari va tog‘li hududlarda o‘sadigan asalshirali o‘simliklarning asal mahsuldorligi mos ravishda 6,5-56,6, 125,0-168,7, 12,5-53,0 kg/ga bo‘lishi aniqlangan;
bahorgi raps o‘simlikning 100 ta guldagi shakar miqdori 30,1 mg, nektar mahsuldorligi 64,4 kg/ga, asal mahsuldorligi esa 80,5 kg/ga ni tashkil etishi aniqlangan;
anissimon lofant o‘simligining 100 ta guldagi shakar miqdori 35,3 mg, nektar mahsuldorligi 108,0 kg/ga, asal mahsuldorligi esa 135,0 kg/ga ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati sharoitida asalshirali o‘simliklar bioxilma-xilligini aniqlash va ularning tur tarkiblarini tahlil qilish, ularning bioekologik xususiyatlarini, hamda yovvoyi va madaniy o‘simliklarning nektar mahsuldorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Asalshirali o‘rmon o‘simliklari tur tarkibi, gullash davomiyligi va asal mahsuldorligini tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: asal va moy beruvchi istiqbolli bahorgi raps o‘simligini asal mahsuldorligini aniqlash ishlanmasi Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Janub Anvar asali” MChJ da 1 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston asalarichilik uyushmasining 2023 yil 17 iyuldagi 78-06 son ma’lumotnomasi). Natijada bahorgi raps ekini 1 gektardan asal mahsuldorligi 80kg/ga ni tashkil etib, iqtisodiy samaradorligi yoki yalpi daromad 8 000,0 ming so‘mni, sof foyda 7 750,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 96,87 %ni tashkil etgan;
Surxondaryo viloyati sharoitida asal va efir-moy beruvchi istiqbolli anissimon lofant o‘simligini asal mahsuldorligini aniqlash ishlanmasi Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Janub Anvar asali” MChJ da 0,10 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston asalarichilik uyushmasining 2023 yil 17 iyuldagi 78-06 son ma’lumotnomasi). Natijada anissimon lofant ekini 0,10 gektardan asal mahsuldorligi 135kg/ga ni tashkil etib, iqtisodiy samaradorligi 13 500,0 ming so‘mni, sof daromad 10 000,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 74,0 %ni tashkil etgan;
Surxondaryo viloyati janubiy hududi asalarichilik xo‘jaliklari uchun ko‘chish reja – grafigi asosida 100 ta asalari uyalari Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Janub Anvar asali” MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston asalarichilik uyushmasining 2023 yil 17 iyuldagi 78-06 son ma’lumotnomasi). Natijada xarajatlar qisqarishi va tovar asal hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 720 kg ga oshgan. Umumiy foyda (tovar asal hisobidan) 185,600,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 249,13 %ni tashkil etgan;
Surxondaryo viloyati shimoliy hududi asalarichilik xo‘jaliklari uchun ko‘chish reja – grafigi asosida 120 ta asalari uyalari Surxon davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlanma hududida (Bufer zona) da joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2023 yil 15martdagi 01/18-1368 son ma’lumotnomasi). Natijada aprel-may oylarida sertikan bodomchali va zarangli formatsiyalarda, may-iyul oylarida abrukli formatsiyali maydonlarda joylashtirilishi evaziga 388,8 kg asal olingan. Umumiy foyda (tovar asal xisobidan) 212,600,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 197,3 %ni tashkil etgan;
Surxondaryo viloyati janubiy hududi asalarichilik xo‘jaliklari uchun ko‘chish reja – grafigi asosida 100 ta asalari uyalari Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2023 yil 15martdagi 01/18-1368 son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy foyda (tovar asal xisobidan) 185,600,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 249,13 %ni tashkil etgan.