Azimova Shaxnozaxon Sharafutdinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek populyasiyaciga xos bulgan ekzogen-konstitusional semiz bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromni tashxislash», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib194.

Ilmiy rahbar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Ya.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Axmedova Shaxnoza Ulugbekovna, tibbiyot fanlari nomzodi; Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek populyasiyasida egzogen-konstitutsional semirishi bor yoshlar va o‘smirlarda metabolik sindromda erta aniqlash va davolashni optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek populyasiyasiga mansub bolalar va o‘smirlarda persentil egri chiziq asosida ortiqcha tana vazn (OTV) va tana vazn indeksi (TVI) natijalari asosida kasallikning xususiyatlari ochib berilgan;

o‘zbek populyasiyasidagi bolalar va o‘smirlarda jinsga va yoshga bog‘liq ravishda jinsiy rivojlanish bosqichlarida bel aylanasining persentil ko‘rsatkichlari aniqlangan, yoshiga bog‘liq holda insulinga sezgirlik darajasi HOMA-IR 97 persentil indeksi ishlab chiqilgan;

ekzogen-konstitusional semizligi mavjud o‘zbek populyasiyasidagi bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromning xavf omillari va  ko‘rsatkichlari isbotlangan;

ekzogen-konstitusional semizligi mavjud bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromini davolashda o‘zbek milliy taomlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan energetik qiymati pasaytirilgan parhez samaradorligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek populyasiyaciga xos bo‘lgan ekzogen-konstitusional semiz bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromni tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Bolalarda ortiqcha vaznni kamaytirish usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patent olingan (№IAP 20180175). Mazkur usul bolalar va o‘smirlar orasida metabolik sindrom asosida rivojlanadigan ortiqcha tana vaznining oldini olishga qaratilgan milliy oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlangan parhez taomnomani endokrinologiya shifoxonalari amaliyotiga tatbiq qilish imkonini bergan;

«Bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromni tashxislash va davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 14 noyabrdagi 8n/176-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma semiz bolalar va o‘smirlarda metobolik sindrom va uning xavf omillarni tashxislash va davolash imkonini bergan;

«O‘zbek populyasiyasidagi bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromni tashxislash va davolashning optimallashtirish mezonlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 8n-r/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalar va o‘smirlarning bel aylanasining yoshga bog‘liq persentil ko‘rsatkichlari asosida metabolik sindrom rivojlanish xavfini erta aniqlash va qo‘shimcha komponentlar mavjud vaziyatlarda esa metabolik sindromni tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan energetik qiymati  pasaytirilgan parhez taomni yaratish imkonini bergan;

o‘zbek populyasiyaciga xos bo‘lgan ekzogen-konstitusional semiz bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromni tashxislashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona va Jizzax viloyati endokrin dispanserlari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi ekzogen-konstitusional semiz bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromni tashxislashda uning asosini tashkil etuvchi patogenetik asos insulinrezistentlik ko‘rsatkichi HOMA-IR 97 persentilida yoshga bog‘liq farqlilik darajasi bolalarda ≥1,2 ni, o‘smirlarda esa ≥1,8 ni tashkil qildi. O‘zbek populyasiyasiga mansub bolalar va o‘smirlarning bel aylanasi persentil ko‘rsatkichlari aniqlanib, semiz o‘smirlarda metabolik sindromning 36,3%da tashxislanishi imkonini va mahalliy persentil aniqlanish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish