Musaev Bekzod Murodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlari rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Gr197. 
Ilmiy rahbar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Pahlavon Rustamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlarining rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy geografik xususiyatlarini baholash va undan samarali foydalanishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaharlar hududlarini rivojlantirish (erdan foydalanish, erning kapitallashuvi, transport o‘qi, sanoat ishlab chiqarish) konsentrik zona modelining iqtisodiy rayon shaharlarida mos kelmasligi, shahar tarmoqlari yaxlit tizimi shakllanmaganligi nazariy asoslangan; 
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shahar va shaharchalarining, oilaviy uy xo‘jaliklari, joylanishi, aholisi tabiiy harakatlarining geodemografik va iqtisodiy geografik qonuniyatlari geografik balandlik mintaqalari (cho‘l, adir) bo‘yicha taqsimlanishi aniqlangan;
Jizzax viloyatida urbanizatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni eng kichik kvadratlar usuliga asoslangan holda ko‘p omilli regressiya tenglamasi yordamida modellashtirilgan, shaharlar to‘ri va tarkibining (yaqin, o‘rta va uzoq muddatli) 2030, 2040, 2050-yillar prognozi ishlab chiqilgan;
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shahar va shaharchalarining urbanizatsiya darajasi va hududiy urbanistik, demografik tarkibi, shahar aholi manzilgohlarining mintaqalar bo‘yicha joylanishi kartalari ArcGIS dasturi asosida yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlari rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
Shaharlar hududlarini rivojlantirish konsentrik zona modelining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari shaharlarida mos kelmasligi shahar tarmoqlari yaxlit tizim sifatida shakllanmaganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari shaharlari hududlarini rivojlantirishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 29 maydagi 01/00-03/10-4338-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari shaharlarining ixtisoslashuvini, ijtimoiy va ishlab chiqarish sohalari hududiy tashkil etish va ularni rivojlantirish dasturlarini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
Geografik balandlik mintaqalari bo‘yicha Jizzax va Sirdaryo viloyatlari shahar va shaharchalari joylanishi, aholisi tabiiy harakati, ulardagi geodemografik va iqtisodiy geografik qonuniyatlar ushbu hududlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 29 maydagi 01/00-03/10-4338-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur viloyatlardagi shahar aholi manzilgohlarida urbanizatsiya darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq hududiy siyosatga oid dasturlarni takomillashtirish imkonini bergan;
Jizzax viloyatida urbanizatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni eng kichik kvadratlar usuliga asoslangan holda ko‘p omilli regressiya tenglamasi yordamida ishlab chiqilgan modeli Jizzax viloyatida urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 29 maydagi 01/00-03/10-4338-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur model viloyatdagi shahar aholi manzilgohlarida urbanizatsiya darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq dasturlarni takomillashtirish imkoniyatini bergan;
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni urbanizatsiya darajasi va hududiy urbanistik tarkibi, shahar va shaharchalarining demografik tarkibi, shahar aholi manzilgohlarining mintaqalar bo‘yicha joylanishi kartalari O‘zbekiston Milliy atlasining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari kartalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi 2023 yil 15 maydagi 03-03-164-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish