Xujaev Ilxom Amanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari misolida)”, 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Iqt1483.
Ilmiy rahbar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.12.2019. I.03.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamdamova Gavhar Absamatovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo'nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning eksplisit boshqaruviga asoslangan Retention modeli mahsulotlar assortimentini kengaytirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning qayta ishlashga asoslangan multi-instrumental strategiyasi birlamchi resurslarning qiymatini kamayishga ko‘ra takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
to‘zqimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshlikni oshirishning agregatlashgan tizimi maqsadlar, jumladan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tizimini o‘zaro maqbullashtirishga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
assortimentini kengaytirishga ko‘ra to‘qimachilik sanoati korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning eksplisit boshqaruviga asoslangan Retention modelidan “Prof Tekst Plyus” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 2023 yil 12 iyuldagi 03/25-1505-son ma’lumotnomasi; “Prof Tekst Plyus” MChJning 2022 yil 22 noyabrdagi 232-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlarini 5 foizgacha kamaytirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning qayta ishlashga asoslangan multi-instrumental strategiyasi birlamchi resurslarning qiymatini kamayishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif “Prof Tekst Plyus” MChJni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 2023 yil 12 iyuldagi 03/25-1505-son ma’lumotnomasi; “Prof Tekst Plyus” MChJning 2022 yil 22 noyabrdagi 232-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi natijasida korxonada 110 mln. so‘mlik iqtisodiy samaraganing qo‘shimcha olinishiga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini kamayti-rishning 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari asosida “Prof Tekst Plyus” MChJ faoliyatini istiqbolda rivojlantirishni asoslashda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 2023 yil 12 iyuldagi 03/25-1505-son ma’lumotnomasi; “Prof Tekst Plyus” MChJning 2022 yil 22 noyabrdagi 232-son ma’lumotnomasi). Taklifda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish kabi omillar hisobiga 2027 yilga kelib jami xarajatlarni 13 % ga qisqarishi mumkinligi asoslab berilgan;
to‘zqimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshlikni oshirishning agregatlashgan tizimi maqsadlar, jumladan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tizimini o‘zaro maqbullashtirish bo‘yicha takliflar “Prof Tekst Plyus” MChJni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanil-gan (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 2023 yil 12 iyuldagi 03/25-1505-son ma’lumotnomasi; “Prof Tekst Plyus” MChJning 2022 yil 22 noyabrdagi 232-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida korxonanining iqtisodiy samaradorligini 4,6 foiz oshirilishiga imkon yaratgan.