Xusenova Shaxnoza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yallig‘lanishga qarshi murakkab tarkibli «Diabderm» krem va sprey texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Far.63.
Ilmiy rahbar: Fayzullaeva Nodira Sultanovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Baxtiyar Alimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simliklardan tuzilgan «Diabderm» yig‘masi asosida olingan suyuq ekstrakt, uni saqlovchi davolovchi kosmetik vositalar tarkibi, texnologiyasini hamda sifat me’yorlarini va biosamaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy dorivor o‘simlik xomashyolaridan tuzilgan yallig‘lanishga qarshi «Diabderm» yig‘masidan biologik faol moddalar majmuasini saqlovchi suyuq ekstrakt olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor 3x3 lotin kvadrati usuli yordamida «Diabderm» sprey takribi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
matematik modellashtirishning 4x4 lotin kvadratining 3 omillik kasr rejasidan foydalangan holda «Diabderm» kremning tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Diabderm» yig‘masining son ko‘rsatkichlari hamda yig‘ma asosidagi suyuq ekstrakt, sprey va kremning sifat me’yorlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yallig‘lanishga qarshi murakkab tarkibli «Diabderm» krem va sprey texnologiyasini ishlab chikish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Diabderm» krem davolovchi kosmetik vositasi uchun texnik shartlar (Ts 26532533-003:2022) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma (TI 26532533-003:2022) O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «Herbal additive» MChJda diabetik oyoq sindromini davolash va oldini olish uchun foydalaniladigan vositani ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Diabderm» sprey davolovchi kosmetik vositasi uchun texnik shartlar (Ts 26532533-005:2023) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma (TI 26532533-005:2023) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «Herbal additive » MChJda sprey shaklidagi diabet asoratlarini davolash uchun vositani ishlab chiqarish imkonini bergan;
davolovchi kosmetik vositasi «Diabderm» kremi uchun maxsus yallig‘lanishga qarshi faolligi va bezararligi bo‘yicha farmakologik sinovlar o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli terapevtik faollikga ega davolovchi kosmetik vositasini ishlab chiqish imkonini bergan.