Xudaykulov Rustam Zakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi (“Avtotransport vositalarining diagnostikasi” o‘quv fani misolida)”, 13.00.02.- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5238.   
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy  rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari  doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika  fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Zafar Esanpulatovich, pedagogika  fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarining transport vositalari muhandisligi ta’lim yo‘nalishi talabalarida muhandislik kasbiy kompetentlikni rivojlantirish mexanizmining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
muhandislar tayyorlash ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy kompetentlik (liderlik, texnologik, kasbiy kamolot) va muhandislik qobiliyatlari (intellektual o‘zgarish va ekstrimal moslashuvchanlik)ni transformatsiyalash orqali mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari (tejamkorlik va ixchamlilik) kengaytirilgan;
talabalarning muhandislik kasbiy kompetentligini rivojlantirish mazmuni hamda pedagogik jarayon natijaviy komponentlari multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillarga ustuvorlik berish asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirisning faoliyatli o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish zarurati asoslangan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini avtotransport vositalarining diagnostikasi o‘quv mashg‘ulotlarida interfaol ta’lim metodlari va innovatsion texnologiyalarini qo‘llashda muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlashning fanlararo integrativ xususiyatlariga ustuvorlik berish samaradorligi asoslangan;
bo‘lajak muhandislarni “Avtotransport vositalarining diagnostikasi” fanini o‘qitish orqali ularda innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorgarligining adekvat mezonlar (motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyatli) asosida kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy taʼminoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot  natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muhandislar tayyorlash ta’lim jarayonida boshlang‘ich kurslardan boshlab talabalarning muhandislik kasbiy kompetentlik qobiliyatlari (liderlik, texnologik, kasbiy kamolot) va muhandislik qobiliyatlari (intellektual o‘zgarish va ekstrimal moslashuvchanlik)ni transformatsiyalash orqali mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari (tejamkorlik va ixchamlilik) kengaytirilgan takliflardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida  2020-2022-yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP raqamli TRIGGER ("TRIGGER-Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating sonditions for graduate’s employability in Central Asia - Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashishi sharoitlarini yaratish uchun talabalarning innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik ko‘nikmalarini yo‘lga qo‘yish) mavzusidagi xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-avgustdagi 02/01-01 – 118-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif va tavsiyalar talabalarning muhandislik kasbiy kompetentlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning muhandislik kasbiy kompetentligini rivojlantirish mazmuni hamda pedagogik jarayon natijaviy komponentlari multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirisning faoliyatli o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirishni  takomillashtirishga oid tavsiyalardan, Termiz muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2022-yillarda bajarilgan №AIF-2/19 “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy taʼlim tizimida innovatsion taʼlimni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasidagi “SMART Muhandis” texnologiyasi nomli elektron dastur ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-avgustdagi 02/01-01 - 118-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur elektron o‘quv dastur bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi ishlab chiqishga xizmat qilgan;
muhandislik fanlarini o‘qitish bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini avtotransport vositalarining diagnostikasi o‘quv mashg‘ulotlarida interfaol ta’lim metodlari va innovatsion texnologiyalarini qo‘llashda muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlashning fanlararo integrativ xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirishga oid takliflardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2020-2023-yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-SBHE-JP raqamli TRIGGER mavzusidagi xalqaro grant loyihasidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-avgustdagi 02/01-01 - 118-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatiga tayyorlashning fanlararo integrativ imkoniyatlari kengaygan;
bo‘lajak muhandislarni “Avtotransport vositalarining diagnostikasi” fanini o‘qitish orqali ularda innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorgarligining adekvat mezonlar (motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyatli) asosida kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy taʼminotini takomillashtirishga oid tavsiyalardan Termiz muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2022-yillarda bajarilgan “Oʼzbekistonda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy taʼlim tizimida innovatsion taʼlimni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-avgustdagi 02/01-01 - 118-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini  rivojlantirish darajalarini baholash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish