Muxsinov Bekzod Toxirovichning
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxonalar faoliyatida marketing kommunikatsiyalaridan foydalanishni takomillashtirish)”, 08.00.11–“Marketing” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2258.
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akrom Abdievich Xoshimov , iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xumoyun Tolibjon o‘g‘li Qodirov falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: engil sanoat korxonalari faoliyatida marketing kommunikatsiyalardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra korxona va uning marketing tizimidagi sub’ektlari (mijozlar) bilan o‘zaro axborot almashish orqali tovarlar (xizmatlar)ning sotilishini tezlashtirishga erishishdan iborat faoliyat sifatida tavsiflanuvchi “kommunikatsiya” tushunchasi asosida “marketing kommunikatsiyalari” atamasining mazmuni mijozlar, hamkorlar, etkazib beruvchilar, xodimlarni o‘z ichiga olgan maqsadli aloqa auditoriyasiga korxona tomonidan axborot uzatish va o‘zaro munosabatlar qurish tizimi sifatida takomillashtirilgan;
engil sanoat korxonalarida mijozlar bilan munosabatlar samarasini ta’minlovchi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini kommunikatsiya samarasining «sezilmas darajasi» (0 - 0,25), «past darajasi» (0,25 - 0,56), «o‘rtacha darajasi» (0,56 - 0,86), «yuqori darajasi» (0,86 - 1)   shkalalari bo‘yicha kompleks baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida media, marketing, brending va PR xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan, to‘qimachilik korxonalarining sanoat tadbirlarida axborotdan foydalanish va kommunikatsiya darajalarini, modernizatsiyalash jarayonining barqarorligini oshirish orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash imkonini beruvchi «Textile Makon» mediamarkazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
Buxoro viloyatidagi engil sanoat korxonalarining marketing kommunikatsiyasi faoliyatini takomillashtirish asosida tarmoq mahsulotlari sotish hajmining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil sanoat korxonalari marketing kommunikatsiyalardan foydalanishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra korxona va uning marketing tizimidagi sub’ektlari (mijozlar) bilan o‘zaro axborot almashish orqali tovarlar (xizmatlar)ning sotilishini tezlashtirishga erishishdan iborat faoliyat sifatida tavsiflanuvchi “kommunikatsiya” tushunchasi asosida mijozlar, hamkorlar, etkazib beruvchilar, xodimlarni o‘z ichiga olgan maqsadli aloqa auditoriyasiga korxona tomonidan axborot uzatish va o‘zaro munosabatlar qurish tizimi sifatida takomillashtirilgan “marketing kommunikatsiyalari” atamasining mazmunini ochib beruvchi materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Savdo marketingi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida “marketing kommunikatsiyalari” tushunchasi mazmunini kengroq anglash, mijozlar, hamkorlar, etkazib beruvchilar, xodimlarni o‘z ichiga olgan maqsadli aloqa auditoriyasiga korxona tomonidan axborot uzatish va o‘zaro munosabatlar qurish tizimi to‘g‘risida bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish imkonini bergan;
engil sanoat korxonalarida mijozlar bilan munosabatlar samarasini ta’minlovchi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini kommunikatsiya samarasining «sezilmas darajasi» (0 - 0,25), «past darajasi» (0,25 - 0,56), «o‘rtacha darajasi» (0,56 - 0,86), «yuqori darajasi» (0,86 - 1)   shkalalari bo‘yicha kompleks baholash taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishda qo‘llanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 21 iyundagi №03/25-1381-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, jumladan, “Imij-Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida korxonaning mahsulot sotish hajmi 2022 yil 2021 yilga nisbatan 7,8 foizga oshishi ta’minlangan;
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida media, marketing, brending va PR xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan, to‘qimachilik korxonalarining sanoat tadbirlarida axborotdan foydalanish va kommunikatsiya darajalarini, modernizatsiyalash jarayonining barqarorligini oshirish orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash imkonini beruvchi «Textile Makon» mediamarkazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi «Buxoro comfort tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyatida qo‘llanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 21 iyundagi №03/25-1381-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning mahsulot sotish hajmi 2022 yil 2021 yilga nisbatan 9,7 foizga oshishi ta’minlangan;
Buxoro viloyatidagi engil sanoat korxonalarining marketing kommunikatsiyasi faoliyatini takomillashtirish asosida tarmoq mahsulotlari sotish hajmining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari viloyat engil sanoat korxonalari faoliyatining uzoq muddatdagi istiqbolini belgilashda foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 21 iyundagi №03/25-1381-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyat engil sanoat korxonalari ishlab chiqarish faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish