Shakarova Dilshod Shomuradovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zol-gel jarayonida polisaxaridlar ishtirokida kremnezem va alyumisilikatli sorbsion materiallar strukturalarining shakllanish qonuniyatlari», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/K172.
Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yusupov Miraxmat Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Baxranov Xayot Nurovich, kimyo fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kolloid kimyoviy sintez sharoitida xitozan va metilsellyulozaning gibrid xitozan/kremnezyom adsorbenti va alyumosilikatli seolit strukturasining shakllanishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nanostrukturali silikagelning silanol guruhlari va xitozan makromolekulalarining funksional guruhlari o‘rtasida o‘zaro ta’siriga asoslangan nanogibrid xitozan/kremnezem adsorbentining shakllanish qonuniyatlari aniqlangan;
kolloid kimyoviy sintezi jarayonida xitozan va metilsellyuloza gellari yacheykalarida alyumosilikat seolitining kristallari o‘sishini cheklash qonuniyatlari isbotlangan;
ilk bor mikrosferali xitozan/kremnezyom adsorbenti olinib, uning fizik-kimyoviy xossalari va organik birikmalar xromatografiyasida qo‘llash imkoniyatlariga asoslangan;
ilk bor xitozan va metilsellyuloza gellari to‘rlarining cheklangan maydonida alyumosilikat nanoo‘lchamdagi seolit kristallari olish usuli yaratilgan;
silikagel` va seolitlarning adsorbsion markazlarida hamda xitozan va metilsellyuloza guruhlari orasidagi faza chegarasida o‘zaro ta’sir aniqlangan;
xitozan/kremnezyom adsorbenti va alyumosilikat nanotseolitini olinishining maqbul sharoitlari (boshlang‘ich reagentlar nisbati, konsentratsiya, katalizator va harorat) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kolloid-kimyoviy sintez sharoitida gibridli xitozan/kremnezyom adsorbenti va alyumosilikat seolit strukturasining shakllanishiga xitozan va metilsellyulozaning ta’sirini aniqlash buyicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan mikrosferali xitozan/kremnezyom adsorbenti “Muborak gazni qayta ishlash zavodi“ MChJda karbonat angidrid gazidan tozalash amaliyotiga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 3 avgustdagi 172-05-FQ-3414-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazlarni 95-97% gacha karbonat angidrid gazidan tozalash imkonini bergan;
4A tipidagi olingan nanotseolitlar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi“ MChJda gazlarni vodorod sulfididan tozalash va quritish amaliyotiga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 3 avgustdagi 172-05-FQ-3414-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazlarni 97-98% gacha vodorod sulfidi va gazlarni quritish imkoniyatini bergan;
nanotseolitlarda adsorbsion-kalorimetrik usul bilan aniqlangan asosiy termodinamik xususiyatlar, izotermalar va issiqlik muvozanati asosida olingan natijalar №FA-F7-012 "Ko‘p funksiyali metallarning yangi ko‘p ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, ularning tuzilish xususiyatlari, reaktivligi va biologik xususiyatlarining ilmiy asoslanishi"mavzusida fundamental loyihada turli tarkibli va faol markazlarga ega bo‘lgan koordinatsion birikmalarning sorbsiya jarayonlari mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 6 iyuldagi 4/1255-1447-son ma’lumotnomasi). Natijada, nanotseolitlardagi atomlar, molekulalar va ionlarning tabiati va bog‘lanishenergiyalari aniqlandi, bu esa turli fizik-kimyoviy xususiyatlarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish