Shanazarova Gulyoraxon Baxtiyarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Iqt360.

Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Raximova  Dilfuza  Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraupov Rustam Ramzovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish omillarining  muhimlilik darajalari  ularning tarkibiy qismlari asosida  aniqlangan;

mebel` sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimi innovatsion salohiyatini baholashning mezonli qiymatlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

mebel` sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish strategiyasini rivojlantirish mexanizmi innovatsion salohiyatni baholashning komponent usuli asosida takomillashtirilgan;

«Fayz»MChJ qo‘shma korxonasida  innovatsion salohiyatni boshqarishda inson kapitali rolining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri aniqlangan va korxonada  innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmi xodimlar malakasini oshirish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish omillarining  muhimlilik darajalari  hamda ularning tarkibiy qismlarini rivojlantirish yo‘llari aniqlangan va «Fayz» xolding kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan («Fayz» xolding kompaniyasining 2018 yil 4 apreldagi DT285/05-son ma’lumotnomasi). Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan  takliflarning amaliyotga joriy etilishi, innovatsion salohiyatni boshqarish samaradorligini 8 foizga o‘sishini ta’minlagan;

mebel` sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalanish «Fayz» xolding kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan («Fayz» xolding kompaniyasining 2018 yil 4 apreldagi DT285/05-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi «Fayz» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasi innovatsion salohiyatining tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining ijobiy tomonga o‘sish sur’atlarini 10 foizga oshirish imkonini yaratgan;

mebel` sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish strategiyasini rivojlantirish borasidagi takliflar va innovatsion salohiyatni baholashning  komponent usuli «Fayz»  xolding kompaniyasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 125-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan («Fayz» xolding kompaniyasining 2018 yil 4 apreldagi DT285/05-son ma’lumotnomasi). Innovatsion salohiyatni boshqarish strategiyasini rivojlantirish borasidagi amaliy tavsiyalar va innovatsion salohiyatni baholash usulini qo‘llash kompaniya tasarrufidagi korxonlarda innovatsion salohiyat samaradorligini 12 foizga oshirish imkonini bergan;

«Fayz» MChJ qo‘shma korxonasida  innovatsion salohiyatni boshqarishda inson kapitali rolining oshishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’siri yuzasidan berilgan ilmiy yangiligi «Fayz» xolding kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan («Fayz» xolding kompaniyasining 2018 yil 4 apreldagi DT285/05-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi «Fayz» MChJ qo‘shma korxonasida innovatsion salohiyatni boshqarishda inson kapitalidan foydalanish mehnat unumdorligini 10,5 foizga oshirish imkonni bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish