Shokuchkorov Kurbonnazar Salim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Qoldiq texnologik kuchlanishlarni hisobga olgan holda harakatlanuvchi tarkibning butun yumalovchi g‘ildiraklarining mustahkamlik sifatlarini baholash, 05.08.05 – Temir yo’llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3758
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Yadgor Ozodovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Xurshid Maxmudjanovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoldiq texnologik kuchlanishlarni hisobga olgan holda harakatlanuvchi tarkibning butun yumalovchi g‘ildiraklarining mustahkamlik sifatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuk va yo’lovchi vagonlarining to’g‘ri, tekis va egri diskli butun yumalovchi g‘ildiraklaridagi qoldiq texnologik kuchlanishlar buzib nazorat qilish usuli orqali aniqlangan;
vagonlar butun yumalovchi g‘ildiraklarining mustahkamlik zaxirasi koeffisientini etarli darajadagi aniqlik bilan o’lchash imkonini beruvchi yuk va yo’lovchi vagonlari butun yumalovchi g‘ildiraklarining kuchlanganlik holati disklardagi ekspluatatsion va qoldiq texnologik kuchlanishlarni inobatga olgan holda aniqlangan;
vagonlar butun yumalovchi g‘ildiraklarining xizmat muddatini aniqlash imkonini beruvchi yuk va yo’lovchi vagonlari butun yumalovchi g‘ildiraklarining mustahkamlik zaxirasi koeffisienti disklardagi ekspluatatsion va qoldiq texnologik kuchlanishlarni inobatga olgan holda aniqlangan;
vagonlar butun yumalovchi g‘ildiraklarining mustahkamlik koeffisientini etarli darajadagi aniqlik bilan o’lchash imkonini beruvchi disklardagi qoldiq texnologik kuchlanishlarni hisobga olgan holda temir yo’l harakatlanuvchi tarkibi butun yumalovchi g‘ildiraklarining mustahkamlik zaxirasini baholash uslubiyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harakatlanuvchi tarkib butun yumalovchi g‘ildiraklarining qoldiq texnologik kuchlanishlarini hisobga olgan holda mustahkamlik sifatlarini baholash bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
temir yo’l harakatlanuvchi tarkibi g‘ildiraklari diskidagi qoldiq texnologik kuchlanishlarni hisobga olgan holda mustahkamlik sifatlarini baholash bo’yicha uslubiyot takomillashtirilgan va “Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” da joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 03-iyuldagi № E-53 ma’lumotnomasi). Natijada, g‘ildiraklarning xizmat muddatidan to’laqonli foydalanishga hamda yo’lovchilarning havsiz harakatlanishiga erishildi.
yuk va yo’lovchi vagonlarining butun yumalovchi g‘ildiraklari diskidagi qoldiq texnologik kuchlanishlarini hisobga olgan holda mustahkamlik zahira koeffisientini hisoblash uslubiyoti “Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzeli” da joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 03-iyuldagi № E-53 ma’lumotnomasi). Natijada, g‘ildiraklarning xizmat muddati uzayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik 590 mln so’mni tashkil etgan.