Talipov Miraziz Mirkadirovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmogʻi nomi): “Temir yo‘l stansiyalari poezd tuzuvchilarining kasbiy muvofiqligini baholash uslubini takomillashtirish”, 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2427
Ilmiy rahbar: Sulaymanov Sunnatulla, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunbaev Shinpolat Mansuralievich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Kobulova Nilufarxon Jalilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Temir yo‘l stansiyalari poezd tuzuvchilarining mehnat faoliyatida jismoniy va asab-ruhiy yuklanish ko‘rsatkichlarini hisobga olib, kasbiy muvofiqligini baholash uslubini takomillashtirish orqali xavfsizlikni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l stansiyalari poezd tuzuvchilarining kasbiy muvofiqligini ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar soniga ta’siri statistik ma’lumotlarni guruhlashtirish orqali olingan qonuniyatlar asosida ilk bor aniqlangan;
mehnat faoliyatidagi mexanik quvvat sarfini aniqlashning fizik va matematik modeli temir yo‘l stansiyalari poezd tuzuvchilarining smena davomidagi gavda holatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
poezd tuzuvchilarining kasbiy muvofiqligini belgilovchi harakat va
asab-ruhiy sifatlarini mezonlari ularga ta’sir etuvchi ichki va tashqi kuch chegaralarini hisobga olib ishlab chiqilgan;
poezd tuzuvchilarning harakat va asab-ruhiy sifatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularning son qiymatlari chegaralari o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan tashqi omillar ta’sirini hisobga olib asoslangan;
temir yo‘l stansiyalari poezd tuzuvchilarining kasbiy muvofiqligini baholash uslubi attestatsiya natijalari asosida olingan mehnatga layoqatliligini belgilovchi ko‘rsatkichlarni eʼtiborga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l stansiyalari poezd tuzuvchilarining kasbiy muvofiqligini baholash uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
poezd tuzuvchi kasbiga ilk marta ishga qabul qilinayotgan va ishlab yurgan er kishilarning (18 - 60 yosh) jismoniy harakat sifatlari mezonlarining qiymatlari, asab-ruhiy xususiyatlarini baholash imkonini beruvchi maxsus testlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Sog‘liqni saqlash xizmati, Markaziy poliklinikasi, Mintaqaviy temir yo‘l uzellari, poezd tuzuvchilar kasbiga tayyorlaydigan o‘quv muassasalariga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 16 martdagi 01/882-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada poezd tuzuvchilarining jismoniy harakat va asab-ruhiy sifatlarini baholash, baxsiz hodisalar sodir bo‘lish ehtimolining kamayishi, mehnat xavfsizligining ortishi, kadrlar qo‘nimsizligi holatlarining kamayishi, ishga layoqatsiz kunlarning qisqarishi, korxonaga etkaziladigan moddiy va moliyaviy zararlar bartaraf etilishi evaziga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.