Djunaeva Lola Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta namligini termogravimetrik usulda aniqlash uchun zamonaviy qurilma ishlab chiqish”, 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/T1331.
Ilmiy rahbar: Axmedov Akmal, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shennokovich, texnika fanlari doktori, professor, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi dotsenti, PhD. Muxtorov Jo‘rabek Reyimberganovich
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot” instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Paxtaning namligini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan axborot-o‘lchash qurilmasini yaratish va yangi metrologik ta’minotni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tozalash korxonalari va tayyorlov maskanlarida qabul qilish jarayonida aniqlangan paxta namligining natijalarini elektron tarzda ko‘rsatuvchi yangi avtomatlashtirilgan AVXS-01 o‘lchash qurilmasi va paxta materiallarining namligini o‘lchash kompleksini boshqarish dasturi ishlab chiqilgan;
turli xildagi asbobsozlik metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi va uzoq vaqt issiqlik saqlashini nazariy tadqiqotlari va koeffisientlarini aniqlash uchun arbitraj usul (quritish shkafi) bilan yangi avtomatlashtirilgan qurilmaning orasida o‘tkazilgan tahlillarning natijalari farqiga qarab korrelyasion tahlili ishlab chiqilgan;
fermer xo‘jaliklaridan paxtani qabul qilishda inson omilisiz va sub’ektiv namligini aniqlash uchun belgilangan 195±2 0S haroratda samarali o‘lchashda avtomatlashtirilgan qurilmaning isitish diski materialiga D-16 duralyuminiy markali metall tanlab olingan;
yangi avtomatlashtirilgan qurilmada namlikni aniqlashning metrologik ta’minotini yaxshilashda 4÷60 % paxta namligini o‘lchashda aniqlik darajasini oshirish maqsadida paxta namligining xatoligini (pogreshnost`) tuzatishga ishlab chiqilgan aniq algoritmlar orqali uch bosqichli regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta namligini termogravimetrik usulda aniqlash uchun zamonaviy qurilma ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtomatlashtirilgan AVXS-01 uskunasini “Tekstil` Finans Namangan” MChJ XKga qarashli paxta tozalash korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 21-iyul`dagi №02/22-516-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida yangi AVXS-01 qurilmasining ish unumdorligi 1,5 foizga ortdi, metrologik ta’minoti va aniqlik darajasi yaxshilangan hamda paxta miqdorini elektron hisobotini ta’minlashga erishilgan.