Maxamadalieva Malika Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektr harakatlanuvchi tarkibning gidrofriksion torsion ressorasi dinamik mustahkamligini hisoblash usulini ishlab chiqish”, 05.08.05 — “Temir yo‘1laming harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortlsh va elektrlashtirish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro yxatga olingan raqam: (B2022.4.PhD/T3375)
Ilmiy rahbaming F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xromova Galina Alekseevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlaming F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamidov Otabek Rustamovich — texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Xurshid Mahmudjanovich — texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘na1ishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi elektr harakatlanuvchi tarkib gidrofriksion torsion ressorasini dinamik mustahkamlikka hisoblash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dinamik tavsiflarga ega gidrofriksion so’ndirgich parametrlarini hisoblashga imkon beruvchi, gidravlik dempferlash ta’sirini e’tiborga olgan holda yuqori tezlikdagi elektropoezdlar ressora osmasining eng maqbul parametrlarini asoslash bo’yicha matematik model ishlab chiqilgan;
transport mashinasozligi uchun qobiqli turdagi gidravlik tebranishlar so’ndirgichlarini ishchi muhit ishlab turishida oshgan tezlik rejimi ta’sirini hisobga olgan holda dinamik mustahkamlikka hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
so’ndirgichlarning dinamik ishlashi tahlilini o’tkazishga imkon beruvchi torsion turdagi gidrofriksion tebranishlar so’ndirgichlarini dinamik mustahkamlikka hisoblashning analitik-sonli uslubi ishlab chiqilgan;
modernizatsiyalangan torsion turidagi gidrofriksion tebranishlar so’ndirgichlarini harakat tarkibining yuqori tezlikli harakatlanishida past va yuqori chastotali zarb yuklamalarini ishonchli so’ndirilishini hisobga olgan holda dinamik mustahkamlikka hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
elektr harakat tarkibi gidravlik tebranish so’ndirgichlari qismlarining elektrovozlar dinamik tavsiflarini yaxshilash, shuningdek, ularning ishonchliligini oshirish imkonini beruvchi oqilona o’lchamlarini hisoblash uslubi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
Elektr harakatlanuvchi tarkibning gidrofriksion torsion ressorasini dinamik mustahkamlikka hisoblash usulini ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 VL80 elektrovozi uchun ishlab chiqilgan “Yuqori tezlikda harakatlanish sharoitida elektr harakatlanuvchi tarkib gidravlik tebranishlar so‘ndirgichlari detallarining eng maqbul o‘lchamlarini hisoblashning takomillashtirilgan metodikasi” “O‘TY” AJ “O‘ZTEMIRYO‘LMAShTA’MIR” Unitar korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil
29-maydagi 2/3490-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kapital-tiklovchi ta’mir jarayonida lokomotivlarni modernizatsiyalashda qo‘l1ash ulaming dinamik tavsiflarini yaxshilash, so‘ndirgich1aming mustahkamligi, ishonchliligi va xizmat muddatini oshirish, shuningdek VL80 seriyali elektrovozlar aravachalarining avariyali buzillshlari ehtimolini kamaytirish hamda foydali ekspluatatsiya muddatini 8-10 yilga uzaytirish imkoni yaratilgan;    
 elektr harakatlanuvchi tarkibning ishonchliligi va dempferlash qobiliyatini oshirish orqali torsion turdagi gidravlik tebranishlar so‘ndirgichining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan, texnik echimining yangiligi O‘zbekiston Respublikasining ixtirolar uchun beriladigan IAP 07118-son1i Patenti bilan himoyalangan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil
29 maydagi №2/3490 ma’lumotnomasi) va “O‘TY” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 29 maydagi №2/3490 ma’lumotnomasi). Natijada ishlash resursi 2-3 barobar oshishi, foydalanishda ishchi parmetrlarining stabilligi, so‘ndirgichning ishonchliligi va dempferlash xossasining ortishiga erishilgan;
 olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida lokomotivlaming dinamik tavsiflarini yaxshilash, ulaming mustahkamligi, ishonchliligi va xizmat muddatini oshirish maqsadida gidravlik so‘ndirgich1arni modemizatsiyalashning yangi usuli ishlab chiqilgan va “O‘TY” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 29 maydagi №2/3490 ma’lumotnomasi). Natijada,  taklif etilgan modernizatsiyalash usuli joriy etilishidan VL80 seriyali elektrovozlarining 9 ta seksiyasi uchun 2022-2023 yillar ichida
252 mln. so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish