Jo‘raeva Laylo Raxmatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Uz-Kor Gas Chemisal» QK MChJ piroliz distillyatidan benzol, toluol, ksilol olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/ T2772.
Ilmiy rahbar: Kodirov Orifjon Sharipovich, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Qodirov Hasan Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJ piroliz jarayoni ikkilamchi mahsuloti piroliz distillyati tarkibidan benzol, toluol, ksilol kabi aromatik uglevodorodlarni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piroliz distillyati tarkibidagi BTKni ekstraksiyalash uchun erituvchinig DMSO+DEG – 50:50 optimal tarkibi ishlab chiqilgan va bu erituvchi orqali BTKni ekstraksiyalash darajasi maksimum 10-12% ga oshganligi ilmiy asoslangan;
piroliz distillyati tarkibidan BTKni ekstraksiyalash jarayoni unumiga DMSO+DEG aralash erituvchilarining nisbati, jarayon harorati va vaqti, suv konsentratsiyasi hamda ekstragent va xomashyo nisbatlarining ta’siri ilmiy asoslangan;
piroliz distillyatidan BTKni ekstraksiyalash darajasi maksimum 10-12% ga oshirish uchun ekstraksiyalash jarayonining optimal parametrlari: vaqt – 45 min., harorat – 350C, suv konsentratsiyasi – 5 % (mass.), ekstragent va xomashyo nisbati – 1:1 hamda ekstragent DMSO+DEG nisbati – 50:50 ishlab chiqilgan;
ekstragentning DMSO+DEG – 50:50 optimal tarkibini qo‘llash orqali piroliz distillyatidan C9+ aromatik uglevodorodlarni ajratib olish mumkinligi isbotlangan;
piroliz distillyatidan BTK va C9+ aromatik uglevodorodlarni ekstraksiyalash usuli yordamida ajratib olishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJ ikkilamchi mahsuloti – piroliz distillyatidan BTK olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
piroliz distillyatini ekstraksion distillyatsiya usulida DMSO+DEG aralash erituvchi yordamida dearomatlash usuli «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJ da amaliyotga tadbiq etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 22 avgustdagi 04-18-8-657-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 50 l piroliz distillyati qayta ishlanib, 15 l – benzol, 5 l – toluol va 4 l – S8 monotsiklik aromatik uglevodorodlar olingan;
piroliz distillyatini DMSO+DEG aralash erituvchi yordamida ekstraksiyalab olingan S9+ monotsiklik aromatik uglevodorodlar aralashmasi «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJ da pirogaz kompressorlari ichida hosil bo‘ladigan oligomerlarni yuvib tozalash uchun amalda qo‘llanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 22 avgustdagi 04-18-8-657-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, C9+ monotsiklik aromatik uglevodorodlar aralashmasini yuvuvchi-erituvchi sifatida amalda qo‘llanilayotgan import yuvuvchi-erituvchi o‘rnida qo‘llashga tavsiya qilingan va import o‘rnini qoplash imkonini bergan.