Kurbaniyazov Shaxzodbek Karimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish materiallari sanoatida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini joriy etish samaradorligi», 08.00.13 –Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt183.

Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l va muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida qurilish materiallari sanoatida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini joriy etish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

korporativ boshqaruv sub’ektlari maqomi, vakolatlari hamda iqtisodiy manfaatlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash orqali korporativ munosabatlarni yanada takomillashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan;

qurilish materiallari sanoatida korporativ boshqaruv samaradorligini baholashga yondashuv moliyaviy natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;

qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi davlat va boshqa aksiyadorlar munosabatlarini aniq chegaralash, insayderlik axborotlaridan foydalanishni tartibga solish, korporativ ijtimoiy javobgarlik darajasini oshirish jihatidan takomillashtirilgan;

«O‘zqurilishmateriallari» AJda aksiyadorlik kapitali hamda asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik asosida tarmoq faoliyatining 2017–2021 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qurilish materiallari sanoatida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini joriy etish samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

korporativ boshqaruv sub’ektlari maqomi, vakolatlari hamda iqtisodiy manfaatlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash orqali korporativ munosabatlarni yanada takomillashtirish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2017 yil 14 dekabridagi 12986/06-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda joriy etilishi natijasida korporativ boshqaruv sub’ektlarining funksional vazifalarini takomillashtirish orqali tashkiliy-iqtisodiy va me’yoriy-huquqiy faoliyat samaradorligining oshirilishiga erishilgan;

qurilish materiallari sanoatida korporativ boshqaruv samaradorligini baholashda moliyaviy natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan yondashuvlardan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2017 yil  14 dekabridagi 12986/06-14-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi qurilish materiallari sanoati tarmog‘ining moliyaviy natijalariga ta’sir etuvchi istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;

qurilish materiallari sanoati korxonalarida davlat va boshqa aksiyadorlar munosabatlarini aniq chegaralash, insayderlik axborotlaridan foydalanishni tartibga solish, korporativ ijtimoiy javobgarlik darajasini oshirish asosida takomillashtirilgan korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2017 yil 14 dekabridagi 12986/06-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi qurilish materiallari sanoatida aksiyadorlar va korporativ tuzilma faoliyatini tartibga soluvchi tomonlar maqsadlarining aniqlashtirilishi, korporativ hisobotlarning manfaatdorlarga o‘z vaqtida etkazilishi va shaffofligini ta’minlanish imkonini bergan;

«O‘zqurilishmateriallari» AJda aksiyadorlik kapitali hamda asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik asosida tarmoq faoliyatining 2018–2021 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi amaliyotga joriy qilingan (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2017 yil 14 dekabridagi 12986/06-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan tarmoqning istiqbol rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish