O‘tashov Zafar O‘rolboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “paxtani pnevmotransport tizimida isitilgan havo yordamida mayda iflosliklardan tozalashni
amalga oshiruvchi texnologiyani ishlab chiqish”,05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/T2529.
Ilmiy rahbar: Kuliev Toxir Mamarajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor, Isanov Farxol Jumanazarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsfa doktori, (PhD)
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. paxtani tozalashda issiq havo asosida paxtani titilishini yaxshilash bilan tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtalarni mayda iflosliklardan tozalash jarayonida paxtaga issiq havo yo‘naltiruvchi shaxta bilan jihozlangan hamda shaxtadagi paxta orasidan issiq havoni o‘tkazuvchanligini, paxtani ta’minlagichga bir xilda uzatishni ta’minlaydigan bufer barabanli tozalash uskunasi ishlab chiqilgan;
paxtani tozalashga bir tekis uzatishni ta’minlovchi bufer barabanini muvozanat shartiga asosan inersiya kuchi momenti va podshipniklardagi ishqalanish kuchlari momentini hisobga olib, uning eksentriklik harakatini ifodalovchi differensial tenglamalari ishlab chiqilgan;
qoziqcha ilib olgan paxta bo‘lagini yuqoriga uzatishda, ma’lum burchakda uning massasiga, baraban burchak tezligiga qarab otilib chiqishini hisobga olib, sistemani sonli echimi natijasida paxta bo‘lagini baraban qoziqcha sirti bo‘ylab harakat tenglamalari ishlab chiqilgan;
tadqiqotlar natijasida paxtani qizdirish bilan mayda iflosliklardan tozalash mashinasining takomillashtirilgan konstruksiyasini asosiy ko‘rsatkichlari ko‘p omilli tajribalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani iflosliklardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
Takomillashtrilgan tozalash mashinasi Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Silver leafe" MChJ KK”klasterining ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilindi (“O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 6-sentyabrdagi №02/22-543 sonli ma’lumotnomasi).Natijada taklif etilayotgan texnologik jarayonning tozalash samaradorligi I-nav 2-sinfda 86,7 % ni IV-nav 2-sinfda 88,2 % ni tashkil etdi, ishlab chiqarilgan tolaning nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdori 2,0 % va 4,0 % ni tashkil etdi, bu esa 1-nav oliy va 3-nav yaxshi sinfga ko‘tarilgani ko‘rinib, amaldagi tolaga nisbatan sifatini 0,1% ga yaxshilanganligi aniqlandi.