Isaqulova Baxtigul Xo‘jamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Didaktik o‘yinlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish (tayyorlov guruhlari misolida)”, 13.00.08 – Maktabgasha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped1872.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019. Ped.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Gulyamova Mavluda Xamidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi didaktik o’yinlar vositasida maktabgasha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘rgatish mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan didaktik o‘uinlar klassifikatsiuasining mualliflik tasnifi, fonetik, leksik va grammatik o’yinlarga lingvistik jihatdan yo‘naltirish va idientiv uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
maktabgasha uoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatish metodikasini takomillashtirish modeli komunikativ va individuallashtirish tamoyillari asosida ingliz tilidagi muloqot jarayonlariga ustuvorlik berish hamda ta’lim mazmuni va jarayonlari uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning redagogik shart-sharoitlari didaktik o‘yinni o‘tkazish metodikasi orqali samaradorlikni ta’minlashga asoslangan ingliz tili kursi dasturiga ustuvorlik berish va tayyorgarlik, o‘yinni o‘tkazish hamda o‘yin natijalarini nazorat qilish bosqishlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarning ingliz tilidagi muloqot darajasini aniqlash mezonlari o‘zlashtirishda motivatsiya darajasiga va emotsional holatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Didaktik o‘yinlar vositasida maktabgasha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yisha ishlab shiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘rgatish mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan didaktik o‘uinlar klassifikatsiuasining mualliflik tasnifi, fonetik, leksik va grammatik o’yinlarga lingvistik jihatdan yo‘naltirish va idientiv uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosidagi taklif va tavsiyalaridan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘rgatish pedagogik jarayonining o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 5-iyundagi
03-187 son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik o‘yinlar vositasida ingliz tilini o‘rgatish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgasha uoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatish metodikasini takomillashtirish modeli komunikativ va individuallashtirish tamoyillari asosida ingliz tilidagi muloqot jarayonlariga ustuvorlik berish hamda ta’lim mazmuni va jarayonlari uzviyligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan takliflari Qo‘qon davlat pedagogika institutining “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” loyihasi (2022-2023-yillar) mazmuniga kiritilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 5-iyundagi 03-187son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish pedagogik jarayoni natijadorligini oshirishga va sifatini  ta’minlashga xizmat qilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning redagogik shart-sharoitlari didaktik o‘yinni o‘tkazish metodikasi orqali samaradorlikni ta’minlashga asoslangan ingliz tili kursi dasturiga ustuvorlik berish va tayyorgarlik, o‘yinni o‘tkazish hamda o‘yin natijalarini nazorat qilish bosqishlarini uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan tavsiyalari “Maktabgacha yoshdagi bolalarga didaktik o‘yinlar vositasida ingliz tilini o‘rgatish metodikasi” deb nomlangan o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 5-iyundagi 03-187son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning ingliz tilidagi eshitish, so‘zlash va talaffuz qilish darajasi va uni o‘zlashtirishdagi motivatsiya darajasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish