Sattorov Sardor Abdimuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida intizomlilikni tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4027
Ilmiy rahbar: Maxmudov Yusup Ganievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Jonkulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarida intizomlilikni tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida intizomlilikni tarbiyalash texnologiyasini innovasion yondashuvli didaktik imkoniyatlarini aniqlashning empirik (tajribaga asoslangan) va texnologik (kutilgan natijalarga erishishni kafolatlash) hamda ta’lim muhiti va ijtimoiy-madaniy omillarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktab o‘quvchilarida intizomlilikni tarbiyalash sifati (tartiblilik, o‘z-o‘zini idora qilish, javobgarlik, o‘zgalarni hurmat qilish) va samaradorligi nazariy–tarixiy, ijtimoiy–pedagogik manbalarini va shu yo‘nalishga qaratilgan ilmiy–pedagogik tadqiqot ishlarini faol darajada qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
dars intizomliligiga salbiy munosabatda bo‘lgan o‘qituvchilar bilan individuallashtirishning axborotli–mantiqiy modeli, dars intizomiga salbiy munosabatda bo‘lgan o‘quvchilar bilan ish olib borishning tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan darslarni tashkil etish va ta’lim–tarbiyaviy jarayonga tayanch hamda amaliy malaka darajasini baholash mezonlari improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustivorlik berish asosida amalga oshirish samaradorligi asoslangan;
o‘quvchilarning xulq–atvori motivlari o‘qituvchilar ijtimoiy, meyoriy, marginal (chegara–meyor), patologik hulq–atvori intizomlilikni tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan test topshiriqlari, anketa savollarini ishlab chiqish va ularni tajriba – sinovdan o‘tkazishning innovatsion texnologiyalari g‘ayriodatiy mohiyatdan voqelikka o‘tish  integrasiyalash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumt’alim maktablari o‘quvchilarida intizomlilikni tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida intizomlilikni tarbiyalash texnologiyasini innovasion yondashuvli didaktik imkoniyatlarini aniqlashning empirik (tajribaga asoslangan) va texnologik (kutilgan natijalarga erishishni kafolatlash) hamda ta’lim muhiti va ijtimoiy-madaniy omillarga uctuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetining ilmiy–tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2017-2021-yillarda bajarilgan “Yoshlar ma’naviy qiyofasini yuksaltirishning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy–huquqiy va ma’naviy–madaniy muammolarini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markazining 2023-yil 12-iyundagi 01/11-01/11-494-son ma'lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘quvchilarida intizomlilikni tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish orqali "Tarbiya" fanining metodik ta’minoti salmog‘i oshgan;
maktab o‘quvchilarida intizomlilikni tarbiyalash sifati  (tartiblilik, o‘z-o‘zini idora qilish, javobgarlik, o‘zgalarni hurmat qilish) va samaradorligi nazariy–tarixiy, ijtimoiy–pedagogik manbalarini va shu yo‘nalishga qaratilgan ilmiy–pedagogik tadqiqot ishlarini amalda faol qo‘llash acocida takomillashtirilgan amaliy taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetining ilmiy–tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2017-2021-yillarda bajarilgan “Yoshlar ma’naviy qiyofasini yuksaltirishning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy–huquqiy va ma’naviy–madaniy muammolarini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markazining 2023-yil 12-iyundagi 01/11-01/11-494-son ma'lumotnomasi). Natijada, ta'lim muassasalarida ma'naviy–ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligi oshgan;
dars intizomliligiga salbiy munosabatda bo‘lgan o‘qituvchilar bilan individuallashtirishning axborotli–mantiqiy modeli, dars intizomiga salbiy munosabatda bo‘lgan o‘quvchilar bilan ish olib borishning tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan darslarni tashkil etish va ta’lim–tarbiyaviy jarayonga tayanch hamda amaliy malaka darajasini baholash mezonlari improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustivorlik berish asosida amalga oshirish samaradorligi asoslangan taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422–son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun "Tarbiya" fani konsepsiyasi”ning birinchi bob ikkinchi qismini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markazining 2023-yil 12-iyundagi 01/11-01/11-494-son ma'lumotnomasi). Natijada, dars intizomiga salbiy munosabatda bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash metodikasining samaradorligi oshgan;
o‘quvchilarning xulq–atvori motivlari o‘qituvchilar ijtimoiy, meyoriy, marginal (chegara–meyor), patologik hulq–atvori intizomlilikni tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan test topshiriqlari, anketa savollarini ishlab chiqish va ularni tajriba – sinovdan o‘tkazishning innovatsion texnologiyalari g‘ayriodatiy mohiyatdan voqelikka o‘tish  integrasiyalash asosida aniqlangan amaliy taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetining ilmiy–tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2017-2021-yillarda bajarilgan “Yoshlar ma’naviy qiyofasini yuksaltirishning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy–huquqiy va ma’naviy–madaniy muammolarini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markazining 2023-yil 12-iyundagi 01/11-01/11-494-son ma'lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar bilan ma'naviy–ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlarning ahamiyatlilik darajasi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish