Xujanazarov Absalom Ziyadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda tibbiyot tizimi taraqqiyoti: natijalar va tahlillar (Surxondaryo viloyati misolida, 1991-2020 yy.)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar683.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Muminova Gavhar Esonovna, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash tizimining turli yo‘nalishlarida amalga oshirilgan islohotlar va yangiliklarni Surxondaryo viloyati tibbiyot tizimi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik arafasida viloyatda ekologik ahvolning tang holatdaligi, aholi orasida turli yuqumli kasalliklarning avj olishi, ayniqsa, onalar va bolalar o‘limining ko‘rsatkichi, anemiya, gipotrofiya, turli allergik va onkologik kasalliklarning respublikaning boshqa hududlariga nisbatan yuqori ekanligi dalillangan;
viloyat tibbiyot tarmoqlarini nevrolog, nefrolog, allergolog, revmatolog, yurak qon tomir jarrohligi sohalarida malakali mutaxassislar bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklar, oliy ma’lumotli vrach xodimlarning etishmasligi, shuningdek, soha xodimlarini ijtimoiy himoyalash va maishiy hayotidagi muammolar va ularning echimi bilan bog‘liq tadbirlar ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida sohada amalga oshirilgan intensiv o‘zgarishlar tufayli, kardiologiya, gastroentrologiya, yuqumli kasalliklar, ona va bola salomatligi sohasida ixtisoslashgan terapiya xizmatlarining samaradorligining oshib borganligi, buyrak plantatsiyasi, yurak qon tomir tizimini stentlashning yo‘lga qo‘yilganligi dalillangan;
mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan islohotlar tufayli zamonaviy davolash, diagnostika texnologiyalari va standartlarining qo‘llanilishi, sharq tabobatiga e’tiborning kuchayishi, xususiy tibbiyot tizimining yuzaga kelganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash tizimining turli yo‘nalishlarida amalga oshirilgan islohotlar va yangiliklarni Surxondaryo viloyati tibbiyot tizimi misolida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan;
mustaqillik arafasida viloyatda ekologik ahvolning tang holatdaligi, aholi orasida turli yuqumli kasalliklarning avj olishi, ayniqsa, onalar va bolalar o‘limining ko‘rsatkichi, anemiya, gipotrofiya, turli allergik va onkologik kasalliklarning respublikaning boshqa hududlariga nisbatan yuqori ekanligi hamda viloyat tibbiyot tarmoqlarini nevrolog, nefrolog, allergolog, revmatolog, yurak qon tomir jarrohligi sohalarida malakali mutaxassislar bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklar, oliy ma’lumotli vrach xodimlarning etishmasligi, shuningdek, soha xodimlarini ijtimoiy himoyalash va maishiy hayotidagi muammolar va ularning echimi bilan bog‘liq tadbirlar ochib berilganligi oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2023 yil 16 yanvardagi 06-31-83-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar Viloyat tibbiyot tarmoqlarini nevrolog, nefrolog, allergolog, revmatolog, yurak qon tomir jarrohligi sohalarida malakali mutaxassislar bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklar va ularning echimi bilan bog‘liq tadbirlarning natijalarini yoritshga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida sohada amalga oshirilgan intensiv o‘zgarishlar tufayli, kardiologiya, gastroentrologiya, yuqumli kasalliklar, ona va bola salomatligi sohasida ixtisoslashgan terapiya xizmatlarining samaradorligining oshib borganligi, buyrak plantatsiyasi, yurak qon tomir tizimini stentlashning yo‘lga qo‘yilganligi hamda mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan islohotlar tufayli zamonaviy davolash, diagnostika texnologiyalari va standartlarining qo‘llanilishi, sharq tabobatiga e’tiborning kuchayishi, xususiy tibbiyot tizimining yuzaga kelganligiga ochib berilgan misolidaga ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 15-fevraldagi 266-son dalolatnomasi). Bu esa Yangi O‘zbekiston sharoitida sohada amalga oshirilgan intensiv o‘zgarishlar tufayli, kardiologiya, gastroentrologiya, yuqumli kasalliklar, ona va bola salomatligi sohasida ixtisoslashgan terapiya xizmatlarining samaradorligining oshib borishi, buyrak plantatsiyasi, yurak qon tomir tizimini stentlashning yo‘lga qo‘yilishi, hamda koronovirus pandemiyasi sharoitida tibbiyot tizimi xodimlarining matonatli mehnati va fidoiyligi bilan bog‘liq jarayonlarni ilmiy tahlil qilishgan xizmat qilgan.