Xankeldieva Guzal Sherovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korporatsiyalarni boshqarishning ilmiy-metodologik asoslari», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Iqt127.

Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: elektroenergetika tarmog‘ida korporatsiyalarni boshqarishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish, boshqaruv strategiyasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

korporativ tuzilmalarda boshqaruv qarorlarining raqobatbardoshlik darajasi, resurslar sig‘imi, iqtisodiy samaradorligi va korxonani moliyalashtirish koeffisienti ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirishga asoslangan boshqaruvning sifat darajasini kompleks baholash algoritmi taklif etilgan;

korporatsiya boshqaruv strategiyasining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi korporatsiyalar rivojlanishining umumjahon yo‘nalishlari, elektroenergetika tarmog‘ida korporativ strategiya, boshqaruvni tashkil etish, boshqaruv qarorlari, kadrlar faoliyatini rivojlantirish jihatidan takomillashtirilgan;

elektroenergetika tarmog‘ida aksiyadorlik kompaniyalariga investisiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish, salohiyatli investorlar ishonchini orttirish orqali ularning kapitallashuv darajasini o‘stirish omillari ta’sirida korporatsiyalarni boshqarishda investision samaradorlikni baholash uslubi taklif etilgan;

elektroenergetika tarmog‘ini korporativ boshqarishda innovatsiya modeli taklif etilgan;

korporatsiyalarni boshqarishda mulk egalari va menejerlarning korxonaning daromadiga bo‘lgan manfaatlarini rag‘batlantirish nomogrammasi taklif etilgan;

mamlakatda elektr energiyasi iste’moliga bo‘lgan talab va uning ishlab chiqarish hajmining ko‘p variantli uzoq muddatli (2030 yilga qadar) prognozlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korporatsiyalarni boshqarishning ilmiy-metodologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ilg‘or xorijiy tajribalarni qiyosiy o‘rganish asnosida korporatsiyalarni innovatsiyaga yo‘naltirilgan algoritmi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekenergo» AJning faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yilning 18 martdagi JO-01-21/1553-son ma’lumotnomasi). Bunda elektroenergetika tarmog‘i korxonalarida yangi texnologiyalar yaratishga yo‘naltirilgan, iqtisodiy jihatdan samarador innovatsion texnologiyalarini tanlash, baholash, ularni amalga oshirish jarayonlarini boshqarish imkonini bergan;

respublikamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish va uning iste’moliga bo‘lgan talab hajmi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida «O‘zbekenergo» AJning uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yilning 18 martdagi JO-01-21/1553-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida elektroenergetika tarmog‘ida uzoq muddatga mo‘ljallangan taraqqiyotni prognozlash uslubini qo‘llash evaziga an’anaviy usulga nisbatan innovatsion usulda 11,5% ga sifat o‘zgarishi kuzatilgan;

korporatsiyalar rivojlanishining umumjahon yo‘nalishlari hisobga olinib, elektroenergetika tarmog‘ida korporatsiya boshqaruv strategiyasini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi «O‘zbekenergo» AJning faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yilning 18 martdagi JO-01-21/1553-son ma’lumotnomasi). Elektroenergetika tarmog‘ida boshqaruv strategiyasini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini amaliyotga joriy qilish natijasida tarmoqda samaradorlik 9,4% ga oshishiga erishilgan;

elektroenergetika tarmog‘ida korporatsiyalarni boshqarishda investision samaradorlikni baholash uslubi «O‘zbekenergo» AJning faoliyatiga qo‘llash uchun taklif etilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yilning 18 martdagi JO-01-21/1553-son ma’lumotnomasi). Bunda innovatsion usullardan foydalanish bo‘yicha berilgan ushbu ilmiy takliflardan elektroenergetika tarmog‘ida integral samara asosida innovatsion-investision loyihaning iqtisodiy samaradorligini hisoblash uslubiyotini amaliyotga joriy qilish natijasida unumdorlik 7%ga ortgan;

elektroenergetika tarmog‘ida investision loyihalar samarasini baholashning asosiy mezonlari va tamoyillari bo‘yicha ilmiy takliflar «O‘zbekenergo» AJning faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yilning 18 martdagi JO-01-21/1553-son ma’lumotnomasi). Bunda foydani kelgusidagi integral natijalarni qiyoslash va pul mablag‘lari uzluksiz kelib tushishini nazorat qilish, loyihani amalga oshirish bilan bog‘langan tavakkalchilik omillari ta’sirini hisobga olish, loyihani amalga oshirishda tijorat, byudjet va iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish tamoyillari asoslab berilgan. Bu esa iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda elektroenergetika tarmog‘ida yirik korporativ tuzilmalar yuzaga kelishi, investision faoliyatning barqaror taraqqiyoti va tarmoqni yanada rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan;

elektroenergetika tarmog‘ida korporativ munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun iqtisodiy samaradorlikni baholash mezonlari va usullari «O‘zbekenergo» AJning faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yilning 18 martdagi JO-01-21/1553-son ma’lumotnomasi). Elektroenergetika tarmog‘ida korporativ munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun iqtisodiy samaradorlikning qiyosiy afzalligi asosidagi baholash mezonlari va usullarini amaliyotga joriy qilish natijasida samaradorlikning hisob-kitobini amalga oshirishda 17,0 foiz tejamkorlikka erishish ta’minlangan;

xalqaro tajribalarni qiyosiy o‘rganish asnosida korporatsiyalarni boshqarishda mulk egalari va menejerlarning korxonaning daromadiga bo‘lgan manfaatlarini rag‘batlantirish modeli «O‘zbekenergo» AJning faoliyatiga taklif etilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yilning  18 martdagi JO-01-21/1553-son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan modelga binoan elektroenergetika tarmog‘ida menejerlarni rag‘batlantirish, ularning yakuniy natijani maksimallashtirishga qo‘shgan hissasi baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish