Safarova Mohidil Axmadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped1010.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Rahmatova Feruza Abulqosimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish imkoniyatlari transformatsiya paradigmasini o‘zgarishi kontekstida paydo bo‘lgan empirik va nazariy rivojlantitrish shart-sharoitlarning ierarxik darajasini faktorli aniqlash hamda tarmoqli ta’lim maydonida ijodiy faollik traektoriyasini bosqichma-bosqich oshirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy malakalarini rivojlantirish texnologiyasi axborotga sezgirlik hislatlarini rivojlantirishga qaratilgan ijodiy-faoliyatli pedagogik-ishchan muhitni bosqichma-bosqich yaratish hamda pedagogik-faol jarayoni subektlari individualligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish mezonlari qadriyatli-motivatsion, didaktik-uslubiy, miqdoriy va sifat parametrlarining o‘zgarishlarini uyg‘unligini hamda mantiqiy-mazmunli va modulli bosqichlarini taʼlim jarayoniga izchil integratsiyalashuvini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish modeli shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim subektlarining o‘zaro ta’sir darajasining haqiqiy va potensial, real va noreal omillari o‘rtasidagi munosabatlarning pedagogik jihatlarini tahliliy aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari transformatsiya paradigmasi o‘zgarishlari kontekstida paydo bo‘lgan empirik va nazariy rivojlantitrish shart-sharoitlarning ierarxik darajasini tarmoqli ta’lim maydonida aniqlashtirish asosida rivojlantirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-046 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimi o‘quv-metodik ta’minotini boyitilishi imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy malakalarini rivojlantirish texnologiyasi axborotga sezgirlik hislatlarini rivojlantirishga qaratilgan ijodiy-faoliyatli pedagogik-ishchan muhitni bosqichma-bosqich yaratish hamda pedagogik-faol jarayoni subektlari individualligini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-046 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish mezonlari qadriyatli-motivatsion, didaktik-uslubiy, miqdoriy va sifat parametrlarining o‘zgarishlarini uyg‘unligini hamda mantiqiy-mazmunli va modulli bosqichlarini taʼlim jarayoniga izchil integratsiyalashuvini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-046 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
 bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish modeli shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim subektlarining o‘zaro ta’sir darajasining haqiqiy va potensial, real va noreal omillari o‘rtasidagi munosabatlarning pedagogik jihatlarini tahliliy aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-046 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishning elektron axborot taʼminotini boyitish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish