Inomova Mahliyo Yusuf qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4341.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor;
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Raximova Feruza Najmiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari ijtimoiy ong va dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan o‘z-o‘zini faollashtirish va rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash hamda kreativ fikrlashi va kognitiv faoliyat samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlariga uyg‘un barqaror darajalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam beruvchi pedagogik shart-sharoitlar majmuini tahliliy aniqlash hamda hur fikrlilik va manfaatlar tizimining xilma-xilligini bolalar ijtimoiy moslashuviga bevosita ta’sirini mazmunli prognozlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish modeli ta’limning insonparvarlikga yo‘nalganligini ta’minlashga qaratilgan tizimlilik, yaxlitlik, integrativlik tamoyillari integrativ yaxlitligini intensiv hisobga olishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni o‘quv mazmunining umumdidaktik tamoyillarini motivatsion-qadriyatli, ijodiy-refleksiv xususiyatlarini o‘rganish hamda o‘quv jarayonida o‘zaro birgalikdagi faoliyat va guruhiy dinamikaning aloqadorligini qiyosiy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari ijtimoiy ong va dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan o‘z-o‘zini faollashtirish va rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash hamda kreativ fikrlashi va kognitiv faoliyat samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlariga uyg‘un darajalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0810 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam beruvchi pedagogik shart-sharoitlar majmuini tahliliy aniqlash hamda hur fikrlilik va manfaatlar tizimining xilma-xilligini bolalar ijtimoiy moslashuviga bevosita ta’sirini mazmunli prognozlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0810 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning mazmuni va imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish modeli ta’limning insonparvarlikga yo‘nalganligini ta’minlashga qaratilgan tizimlilik, yaxlitlik, integrativlik tamoyillari integrativ yaxlitligini intensiv hisobga olishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0810 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘qitishning innovatsion va integrativ tamoyillari asosida talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligining samaradorligini baholash imkoni kengaytirilgan;
talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni o‘quv mazmunining umumdidaktik tamoyillarini motivatsion-qadriyatli, ijodiy-refleksiv xususiyatlarini o‘rganish hamda o‘quv jarayonida o‘zaro birgalikdagi faoliyat va guruhiy dinamikaning aloqadorligini qiyosiy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0810 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning bolalarda ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish