Raxmonov Sherzod Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-9-sinf o‘quvchilarini xalqaro pisa tadqiqotlariga tayyorlash (tabiiy fanlar misolida)”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2777.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov Nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05 asosida Birmartalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahadov Ma’murjon Sharipovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Qiyamov Nishon Sodiqovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-9-sinf o‘quvchilarini xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo fanini o‘qitish jarayonida 7-9-sinf o‘quvchilarida mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muammolarni aniqlashning anketa va statistika metodlari taklif etilib, muammolarni bartaraf etishning loyihaviy, muammoli, kreativ, kognitiv metodlari orqali aniqlashning pedagogik shart-sharoitlari kimyoviy hodisalarni kuzatish, tushunish, tushuntirishga o‘rgatuvchi o‘quv jarayonida taqqoslash, sinash va xulosa yasash kabi tamoyillariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
PISA tadqiqotlari doirasida 7-9-sinf o‘quvchilarning bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish jatayoni innovatsion yondashuv, kimyoviy topshiriqlarning variativ zanjiri, nostandart testlarning yangicha tuzilmasini o‘zida jamlagan o‘quv-metodik ta’minotini yaratish asosida takomillashtirilgan;
7-9-sinf o‘quvchilarning PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorlashning kreativ, integrativ, gnostik, intellektual salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvga ko‘ra axborotlarni qidirish, yig‘ish va kimyo darslarida hamda darsdan tashqari holatlarda qo‘llashga o‘rgatuvchi metodlaridan ko‘rgazmali, amaliy va integrativ foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
PISA tadqiqotlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari, omillari va metodlar samaradorligini tekshirish, baholash mezonlari 7-9-sinf o‘quvchilarda testlar, laboratoriya va PISA topshiriqlarini “flepped classes” (uyda dars muhiti, darsni uy topshiriqlariga asosan tashkil etish) muhitida natijalarni individual qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 7-9-sinf o‘quvchilarining PISA tadqiqotlariga tayyorlash, mustaqil bilim olish kompetensiyalarini rivojlantirish metodlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
7-9-sinf o‘quvchilarida kimyo fanini o‘qitish jarayonida PISA tadqiqotlaridan kimyoviy hodisalarni kuzatish, tushunish, tushuntirishga o‘rgatuvchi o‘quv jarayonida taqqoslash, sinash va xulosa yasash kabi tajriba bosqichlarini xatolar ustida ishlashning qayta aloqali muhitiga xavfsizlik, topshiriqlar darajalanishi tamoyillari joriy etishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 19 maydagi
03-02/3-1834-son ma’lumotnoma). Natijada, o‘quvchilarni PISA tadqiqotlariga tayyorlashning metodik va didaktik imkoniyatlari ortgan;
kimyo darslarida o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning shaxsga yo‘nalganlik, innovatsion yondashuvlari axborotlarni qidirish, yig‘ish, o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish va kimyo darslarida PISA tadqiqotlarini qo‘llashda amaliy va integrativ foydalanishga doir takliflardan “Kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar (7 - sinf o‘quvchilari uchun)” (ISBN 978-9943-9052-1-4, UO'K 54 (076.5), KBK24.1ya7) nomli yaratilgan qo‘llanmada o‘quvchilarning mustaqil ishlashi uchun kimyo fanidan PISA tadqiqotlari yo‘nalishi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 19 mayda berligan 03-02/3-1834-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish va o‘z ustida mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
7-9-sinf o‘quvchilarida PISA tadqoqotlariga tayyorlash modeli fanga oid va tayanch kompetensiyalarni uyg‘unlikda shakllantirishni interfaol o‘quv muhitida prognostik monitoringli qo‘llashga oid taklif va tavsiyalar asosida “Kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar (7 - sinf o‘quvchilari uchun)” (ISBN 978-9943-9052-1-4, UO'K 54 (076.5), KBK24.1ya7) nomli yaratilgan qo‘llanmada o‘quvchilarning mustaqil ishlashi uchun kimyo fanidan PISA tadqiqotlari yo‘nalishi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 19 mayda berligan 03-02/3-1834-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning elektron ta’lim zahiralari vositasida takomillashtirish imkonini bergan.