Utemuratova Gulshirin Najimatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi sharoitida sichqonsimon kemiruvchilarning ekologik-populyasion tahlili», 03.00.10–Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B39.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Shakirov Zair Saatovich, biologiya fanlari doktori; Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi hududining tabiiy va antropogen ekotizimlar holatini bioindikatori sifatida sichqonsimon kemiruvchilarning ekologik-populyasion tahlilini o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi ekologik sharoitida sichqonsimon kemiruvchilar model turlari populyasiyasi dinamikasining ekologik-populyasion tahlili asosida dinamikaning yillik o‘zgarishlar amplitudasi baholangan;
tabiiy dinamika jarayonidagi tuzilmaning turli xil bosqichlarida sichqonsimon kemiruvchilar model turlarining moshlashuv harakatlari aniqlangan;
ilk bor antropogen omillar va tiklanuvchi suksessiyalar ta’siriga sichqonsimon kemiruvchilar model turlari populyasiyalarining reaksiyalari ochib berilgan;
ilk bor axborot beruvchi bioindikatorlar (sichqonsimon kemiruvchilar populyasiyasi) asosida Orolbo‘yi muhitining tabiiy va antropogen o‘zgarishlarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida sichqonsimon kemiruvchilarning ekologik-populyasion tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Orolbuyi hududidagi atrof-muhit komponentlari, mayda sut emizuvchilar faunasining ekologik monitoringi dasturini ishlab chiqishda va hayvonot dunyosining kadastrini tuzish bo‘yicha Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy kilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 13 martdagi MA-01/13-457-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Orolbo‘yi ekotizimining suksession jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tur tarkibi jihatidan intrazonal biotoplarda hayvonlarning xilma-xilligining o‘zgarishini aniqlash imkonini bergan;
kemiruvchilarning tuqay ekosistemasi va agrotsenozga indikator sifatida ta’siri O‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga suksessiya jarayonlarini baholashda joriy qilingan (Qoraqolpog‘iston Respublikasi Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2017 yil 13 dekabrdagi 255-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qay ekotizimlari va agrotsenozlar ekologik holatini monitoring qilish orqali Janubiy Orolbo‘yi hududining bioxilmaxilligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
epizotiyadan oldin, epizotiya davridagi kemiruvchilar populyasiyalarining holati va tarqalishi Sog‘liqni saqlash faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika o‘lat, karantin va o‘ta havfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qoraqalpog‘iston filialining 2018 yil 18 apreldagi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Orolbo‘yi hududida yuqumli kasalliklar o‘chog‘ini shakllantirishda ishtirok etadigan kemiruvchilar son dinamikasini boshqarish va prognoz qilish imkonini bergan.