O‘rinboeva E’zozxon Komolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida qarama-qarshilik munosabatini ifodalovchi lisoniy va nolisoniy vositalar”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Fil3308.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Extiyotxon Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori; Abdurahmonov Shavkatjon Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida qarama-qarshilik munosabatini ifodalovchi lisoniu vositalarni leksik, morfologik va sintaktik sath birliklari doirasida ochib berish hamda o‘zbeklar aloqa-aralashuvida foydalaniladigan o‘zaro zid ma’noli nolisoniu vositalarning lisoniy ifodasini, verballashuv jarayoni hamda matniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarama-qarshilik munosabati va zidlik teng tushunchalar emasligi, qarama-qarshilik keng ma’noli bo‘lib, u o‘zaro qiyoslanayotgan har qanday birliklar munosabatini ifodalashi, zidlik esa farqlilikning yuqori darajasi ekanligi nazariy jihatdan asoslangan;
falsafadagi qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining tilda voqelanishi lisoniy ziddiyat ekanligi, bu hodisa tilshunoslikda turli jihatdan tasnif qilinishi va ushbu tasniflardagi farqli jihatlar ko‘rsatilgan;
o‘zbek tilida qarama-qarshilik munosabati leksik sathda leksik antonimlar, morfologik sathda grammatik antonimlar, sintaktik sathda esa zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar doirasida aniqlangan;
o‘zbek tilida bosh, qo‘l, lab harakatlari nafaqat inkorni, balki boshqa somatik birliklarga nisbatan qarama-qarshilik munosabatini ham ifodalashi, ayni shunday munosabat ko‘z, elka va oyoq kabi tana uzvlari harakati bilan bog‘liq paralingvistik vositalar orqali ham yuzaga chiqishi verballashgan dalillar yordamida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining leksik, morfoogik hamda sintaktik sathi doirasida qarama-qarshilik munosabatining ifodalanish xususiyatlarini yoritishga bag‘ishlangan dissertatsion ishda erishilgan ilmiy natijalar asosida:
qarama-qarshilik munosabatining falsafiu va lisoniu aspektda o‘rganilishiga doir ilmiu tadqiqotlar tahlili va tavsifini berish, o‘zbek tilida zidlik munosabatini bildiruvchi nolisoniu vositalarni aniqlash va lisoniu dalillar asosida isbotlash haqidagi xulosalardan “Matn tilshunosligi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning mazmuni ilmiy ma’lumotlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan takomillashgan;
o‘zbek tilida qarama-qarshilik munosabati, antonimiya, zidlik tushunchalarining falsafiy va lisoniy ifodalanishiga asoslangan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan “Matn tilshunosligi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning “Matn va kommunikativ vositalar” bobining “Badiiy matnni shakllantiruvchi vositalar” nomli bo‘limi qarama-qarshilik va uning uslubiy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan takomillashgan;
o‘zbek tilida qarama-qarshilik munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplar sintaktik birlik ekanligi, uni tashkil etuvchi qismlarning mazmuniy, shakliy va funksional xoslanishiga oid ilmiy qarashlar hamda xulosalardan “Uslubshunoslik asoslari” darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan 233-0423-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning “Sintaktik stilistika” moduli “Qo‘shma gaplarning uslubiy xususiyatlari” mavzusini yoritishda qo‘shma gaplar bilan bog‘liq nazariy xulosalar, ularning o‘rganilishi, badiiy nutqda qo‘llanilishi va uning qarama-qarshilik munosabatini ifodalovchi lisoniy vosita sifatida o‘quvchilarga ekspressiv-estetik ta’siri yuzasidan berilgan takliflar badiiy nutqni o‘quvchilarga yana ham tushunarli bo‘lishini ta’minlovchi semantik mundarijasining oydinlashishiga xizmat qilgan.