Rajabov To‘xtasin Ibodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped327.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.03.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muhammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Rustam Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish hamda musiqa ta’limi samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmi musiqiy-pedagogik faoliyatda qo‘llangan zamonaviy qarashlar pedagogik tizim komponentlari, ularning maqsadi va mazmuni, qo‘llanilgan shakl va vositalariga ko‘ra milliy va umuminsoniy tendensiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatishga doir ustoz san’atkorlarning pedagogik qarashlarini metodologik va xususiy metodik jihatlariga ko‘ra axloqiy bilim, shaxsiy-tajriba, mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik kabi mezonlar ichki darajalanish orqali bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik asoslari interfaol yondashuv asosida yaxlit tizim sifatida takomillashtirilgan;
uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmini takomillashtirishda musiqiy merosdan foydalanishning pedagogik talablari hamda didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilib, ularning samaradorlik darajalari «o‘zlashtirish darajasi - o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezoni» tamoyili asosida taqqoslash, sintez, umumlashtirish, tizimlashtirish, induksiya, deduksiya, abstraktlash kabi ta’lim sifatini oshirishning kolloborativ ko‘rsatkichlari asoslangan;
o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatishda integral yondashuv g‘oyalar, vositalar, uslublar, faoliyatning turli tuzilmalarining umumiyligi, obektlarning o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyatning yaxlitligini ta’minlash modeli zamonaviy metodikaning aksentuatsiyasi asosida tashkiliy-pedagogik, reflektiv, empatik, metodik, psixologik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan izohlash, abstrakt fikrlash, kuzatish, umumlashtirish kabi muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslangan identiv modifikatsiyalashning pedagogik tamoyillardan foydalanish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmini takomillashtirish jarayonida musiqiy-pedagogik faoliyatda qo‘llangan zamonaviy yondashuvlar, qarashlar pedagogik tizim komponentlari, ularning maqsadi va mazmuni, qo‘llanilgan shakl va vositalari umumlashtirlib, milliy va umuminsoniy tendensiyalarga ustuvorlik berishga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 281–son buyrug‘ining 1–ilovasi bilan tasdiqlangan “Talaba–yoshlarning mafkuraviy immunitetini va g‘oyaviy bardoshliligini mustahkamlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-78–son ma’lumotnomasi). Natijada, uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmini takomillashtirishga erishilgan;
uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatishga doir ustoz san’atkorlarning pedagogik qarashlarini metodologik va xususiy metodik jihatdan tahlil etish asosida axloqiy bilim, shaxsiy-tajriba, mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik kabi mezonlar ichki darajalanish orqali bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik asoslari interfaol yondashuvga hamda uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmini takomillashtirishda musiqiy merosdan foydalanishning pedagogik talablari hamda didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilib, ularning samaradorlik darajalari «o‘zlashtirish darajasi - o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezoni» tamoyili asosida taqqoslash, sintez, umumlashtirish, tizimlashtirish, induksiya, deduksiya, abstraktlash kabi ta’lim sifatini oshirishning kolloborativ ko‘rsatkichlariga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-78–son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga bo‘lgan qiziqishi, o‘qituvchilikka bo‘lgan ijobiy munosabat tizimining rivojlanishiga erishilgan;
O‘zbek musiqa folklorini o‘rgatishda integral yondashuv asosi (g‘oyalar, vositalar, uslublar, faoliyatning turli tuzilmalarining umumiyligi, ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlari) va faoliyatning yaxlitligini ta’minlash modeli zamonaviy metodikaning aksentuatsiyasi asosida tashkiliy-pedagogik, metodik, psixologik imkoniyatlaridan “O‘zbek musiqa folklori” fani mazmunini boyitishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-78–son ma’lumotnomasi)Natijada, musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarining o‘zbek musiqa folkloriga oid bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari takomillashtirilgan.
o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatishda integral yondashuv g‘oyalar, vositalar, uslublar, faoliyatning turli tuzilmalarining umumiyligi, obektlarning o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyatning yaxlitligini ta’minlash modeli zamonaviy metodikaning aksentuatsiyasi asosida tashkiliy-pedagogik, reflektiv, empatik, metodik, psixologik shart-sharoitlari mustaqil faoliyatni tashkil etishning kontekstli–o‘yinli vaziyat usullari 5111100–musiqa ta’limi yo‘nalishi o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-78–son ma’lumotnomasi) Natijada, uzlyuksiz ta’lim tizimida o‘zbek musiqa folklorini o‘rgatish mexanizmi takomillashtirilgan.