Duschanova Nilufar Sabirbaevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiyot darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida  tashkil etish metodikasini takomillashtirish (xalqaro baholash tadqiqotlari  misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi  va metodikasi (adabiy ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped486.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Shahlo Botirova Isamiddinova, filologiya fanlari doktori, professor; Nilufar Raimova Abdullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida adabiyot darslarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar va xalqaro baholash dastur talablari asosida tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy ta’limga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq etishning pedagogik xususiyatlari va omillari SMART texnologiyalarni adabiy ta’lim jarayoniga o‘quv va yordamchi adabiyotlarning pedagogik imkoniyatlarini oshirish nuqtai nazaridan emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy nutq ko‘nikmalarini refliksiv yondashuv asosida metodik jihatdan takomillashtirish orqali invariant qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirish mexanizmi o‘quvchilarning ijtimoiylashuv vektorini ularning individual ta’lim traektoriyasiga uyg‘unlashtirish va badiiy matn bilan ishlashda tushunish, qo‘llash, mulohaza qilish va xulosalash ko‘nikmalarini adabiy ta’limning metodologik va didaktik talablariga muvofiq refleksiv va tezkor ravishda shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
adabiyot darslarining universal modeli adabiy ta’lim determenantlarini shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va akmeologik yondashuvlarga modellashtirishning universallik, normativlik, ilmiylik va izchillik tamoyillarini ta’limiy tatbiq etish va ularni tashkiliy-didaktik jihatdan texnologik muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
  adabiyot darslarini tashkil etish metodikasi pedagogikaning zamonaviy paradigmalarini xalqaro baholash dasturlari talablariga metodik jihatdan implemintatsiya qilish va o‘quvchilarning kommunikativ va metakognitiv kompetensiyalarini adabiy ta’lim tamoyillariga muvofiq shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Adabiyot darslarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar va xalqaro baholash dastur talablari asosida tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
SMART texnologiyalarni adabiy ta’lim jarayoniga o‘quv va yordamchi adabiyotlarning pedagogik imkoniyatlarini oshirish nuqtai nazaridan emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy nutq ko‘nikmalarini refliksiv yondashuv asosida metodik jihatdan takomillashtirish orqali invariant qo‘llash asosida aniqlashtirilgan adabiy ta’limga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq etishning pedagogik xususiyatlari va omillari, o‘quvchilarning ijtimoiylashuv vektorini ularning individual ta’lim traektoriyasiga uyg‘unlashtirish va badiiy matn bilan ishlashda tushunish, qo‘llash, mulohaza qilish va xulosalash ko‘nikmalarini adabiy ta’limning metodologik va didaktik talablariga muvofiq refleksiv va tezkor ravishda shakllantirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirish mexanizmiga oid taklif va tavsiyalardan  Xorazm, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida adabiy ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining  2023 -yil 10-apreldagi 01/11-01/1-237-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlar jarayoni metodik jihatdan tizimlashtirilgan va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga xizmat qilgan;
adabiy ta’lim determenantlarini shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va akmeologik yondashuvlarga modellashtirishning universallik, normativlik, ilmiylik va izchillik tamoyillarini ta’limiy tatbiq etish va ularni tashkiliy-didaktik jihatdan texnologik muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan adabiyot darslarining universal modeli, umumta’lim maktab o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida shakllantirishga qaratilgan interfaol amaliy mashg‘ulot ishlanmalariga doir nazariy xulosa va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 18-apreldagi 192/1-son dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan;
pedagogikaning zamonaviy paradigmalarini xalqaro baholash dasturlari talablariga metodik jihatdan implemintatsiya qilish va o‘quvchilarning kommunikativ va metakognitiv kompetensiyalarini adabiy ta’lim tamoyillariga muvofiq shakllantirish asosida takomillashtirilgan adabiyot darslarini tashkil etish metodikasi, PISA xalqaro baholash dasturi  asosida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘nikmalarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida shakllantirish texnologiyasi borasidagi xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan Al-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy,milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi amaliy fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023- yil 18- apreldagi 192/1-son dalolatnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida adabiyot darslari fanlarini integratsiyalash asosida o‘qitishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalarni keng o‘qituvchilar ommasiga etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish