Bakirov Otabek Bo‘ranovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik texnologiyalari (Davlat va huquq asoslari o‘quv predmeti misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped883.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Davlat va huquq asoslari» o‘quv predmeti mazmunidan foydalangan holda o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi mazmuni umummadaniy, metodik, tayanch, huquqiy kompetensiyalarni va ijtimoiy-siyosiy faollik kompetentligining kognitiv, shaxsiy, funksional, axloqiylik singari komponentlarini o‘zaro gorizontal va vertikal interpretatsiyalash hamda shaxsning integrativ xislatlarini mazkur integratsiya natijalariga bog‘liq ravishda pedagogikaning insonparvarlik va ilmiylik tamoyillariga muvofiq  rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni dinamik o‘zgarishlarning samaradorligini, baholashning kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarining ijtimoiy ahamiyatini va fuqarolik kompetensiyasi funksiyalarining integrativ xususiyatlari ta’sirini anglashga nisbatan talabalarning ta’limiy motivatsiyasini oshirish sababli ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari «Davlat va huquq asoslari» o‘quv predmeti mazmuni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini pedagogikaning kognitiv, shaxsiy, madaniy va kompetentlik paradigmalariga muvofiqlashtirish orqali o‘quv jarayoni mazmuniga singdirishning amaliy mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirib borish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyalarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga nisbatan metodik jihatdan tatbiq etish hamda kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning amaliy mexanizmlarini real ta’limiy sharoitda didaktik jihatdan qo‘llash mexanizmlarini rivojlantirish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
umummadaniy, metodik, tayanch, huquqiy kompetensiyalarni va ijtimoiy-siyosiy faollik kompetentligining kognitiv, shaxsiy, funksional, axloqiylik singari komponentlarini o‘zaro gorizontal va vertikal interpretatsiyalash hamda shaxsning integrativ xislatlarini mazkur integratsiya natijalariga bog‘liq ravishda pedagogikaning insonparvarlik va ilmiylik tamoyillariga muvofiq  rivojlantirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi mazmuniga oid takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-martdagi 02-07-989/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish modeli, shaxsning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi funksiyalari ularni baholash mezonlari konseptual va indikativ vositalar asosida takomillashtirilgan;
dinamik o‘zgarishlarning samaradorligini, baholashning kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarining ijtimoiy ahamiyatini va fuqarolik kompetensiyasi funksiyalarining integrativ xususiyatlari ta’sirini anglashga nisbatan talabalarning ta’limiy motivatsiyasini oshirish sababli ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoniga oid takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-martdagi 02-07-989/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining tarkibiy tuzilishi va mazmunini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan, o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayoniga metodik sharoit yaratilgan;
«Davlat va huquq asoslari» o‘quv predmeti mazmuni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini pedagogikaning kognitiv, shaxsiy, madaniy va kompetentlik paradigmalariga muvofiqlashtirish orqali o‘quv jarayoni mazmuniga singdirishning amaliy mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirib borish orqali takomillashtirilgan  o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlariga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-martdagi 02-07-989/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarining ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish