Bauatdinov Tashkenbay Salievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston fosforiti va glaukonitini kimyoviy faollashtirish asosida fosforitli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T500.
Ilmiy rahbar: Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Nurmurodov Tulqin Isamurodovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoq past navli fosforit va glaukonitlarini mineral kislotalar va ularning tuzlari, shuningdek organik moddalar bilan kimyoviy faollashtirish yo‘li bilan murakkab o‘g‘itlar olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpoq fosforitlarini har xil fiziologik nordon mineral tuzlar bilan kimyoviy faollashtirishda fosfat xomashyodagi fosforning o‘simlik o‘zlashtira oladigan shaklga o‘tishi aniqlangan;
Qoraqalpoq fosforitlarini ammoniy sul`fat, nitrat va xloridlari, monoammoniyfosfat, mochevina nitrati, kaliy xloridi, karbamid va go‘ng bilan kimyoviy faollashtirish orqali murakkab aralashmali o‘g‘itlar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
fosforit namunalarini qattiq fazali rejimda to‘liqsiz me’yorda sul`fat va nitrat kislotalarda parchalash darajasiga kislota konsentratsiyasi ta’siri aniqlangan;
ilk bor Qoraqalpoq fosforitlarini sul`fat va nitrat kislotalari bilan parchalash jarayonida ularning ammoniy tuzlarini ishtirok ettirish orqali o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy va tovar xossalari yaxshilanishi aniqlangan;
Qoraqalpoq glaukonitini mineral kislotalarda parchalangan mahsulotlari bilan fosfat xomashyosini faollashtirish orqali makro- va mikroelement tutgan murakkab o‘g‘itlar olingan;
Qoraqalpoq fosforit va glaukonitlarini kimyoviy faollashtirish yo‘li bilan murakkab aralashmali o‘g‘itlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq agronomik rudalari – fosforit va glaukonitlarini murakkab va murakkab aralashmali o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab aralashmali o‘g‘itlar olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP 05161). Natijada kislotasiz usulda bog‘lovchi ammoniy sul`fati eritmasi ishtirokida ammofos yoki jelvakli fosforit va glaukonit asosida mikroelementli murakkab aralashmali o‘g‘itlar olish imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpoq agrorudalarini bog‘lovchi eritmalar bilan qayta ishlab aralashmali o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Qoraqalpoq agrokimyohimoya» AJda amaliyotga joriy etilgan («Qoraqalpoq agrokimyohimoya» AJning 2017 yil 25 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada yuqori agrokimyoviy va tovar xossalarga ega bo‘lgan donadorlangan yangi navli murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
Qoraqalpoq agrorudasini qayta ishlash asosida murakkab aralashmali o‘g‘itlar olishning ratsional texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer xo‘jaliklari paxta maydoniga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosi hosildorligini 4–6 s/ga oshirish imkonini bergan.